TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Hakan Fidan Liviyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan ikki kunligiga Liviyaga ketmoqda.
Hakan Fidan Liviyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
_

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Liviyaga rasmiy tashrif uyushtiradi.

Tashqi Ishlar vazirligi manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Hakan Fidan ikki kunlik Liviya tashrifi doirasida Tripoli va Beng‘ozida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Fidanning tashrif doirasida o‘tkazadigan uchrashuvlarida Turkiya – Liviya munosabatlarini tarixiy birodarlik rishtalari asosida siyosiy, savdo - iqtisodiy, energetika, harbiy va mudofaa sohalari, avvalo, barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaat tamoyili asosida mustahkamlashga qaratilgan masalalarni atroflicha muhokama qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Hakan Fidan Liviyadagi siyosiy jarayon doirasida yuz berayotgan so‘nggi voqealar yuzasidan fikr almashishi, Liviyaning barqarorligiga berilayotgan muhim ahamiyatni ta’kidlab, AQSh tashabbuslari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) siyosiy jarayonini yaqindan kuzatib borayotganini bildirish kutilmoqda.

Fidanning, Liviyada butunlay tinchlik o‘rnatish va osoyishtalikni saqlash ustuvor vazifa ekanidan kelib chiqqan holda Liviya xalqining o‘z tashabbusi va yetakchiligida amalga oshiriladigan faoliyatlarga Turkiyaning qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Turkiyaning «Yagona Liviya» siyosati doirasida mamlakatning G‘arbiy, Sharqiy va Janubiy hududlari o‘rtasida farq qilmaydigan yondashuvining ifodasi sifatida, Hakan Fidan, liviyalik rasmiylar bilan olib borilayotgan muloqotni kuchaytirishga bo‘lgan qat’iyatni ta’kidlashi kutilmoqda.

Shuningdek, u ikki davlatning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi umumiy huquq va manfaatlarini qozonish tamoyili asosida himoya qilish muhimligini ta’kidlashi kutilmoqda.