Eronning Xuziston viloyatida AQSh tomonidan uyushtirilgani aytilayotgan raketa hujumlari oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘ldi.
Xuziston viloyati ma’muriyati bayonotiga ko‘ra, Eron va Iroq o‘rtasida joylashgan Shalamcha chegara o‘tkazish punktidagi yo‘lovchilar terminali AQSh raketalari nishoniga aylandi.
Hujum oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Viloyat ma’muriyati terminalda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini, chegara o‘tkazish punkti esa qatnovlar uchun ochiqligicha qolayotganini bildirdi.
Bundan tashqari, viloyatning Andimeshk shahri yaqinidagi bir hudud ham AQSh raketalari bilan nishonga olingani qayd etildi.
AQSh Eronga qarshi yangi hujumlarni boshladi
AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eronning Hormuz bo‘g‘ozida “savdo kemalariga tahdid solish imkoniyatlarini zaiflashtirishga qaratilgan” yangi hujum boshlanganini e’lon qilgan edi.
Markaziy qo‘mondonlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida berilgan bayonotda:
“AQSh kuchlari bugun Sharqiy Amerika vaqti bilan soat 17:30 da, Turkiya vaqti bilan 00:30 da, Oliy bosh qo‘mondon — Prezident Donald Trampning ko‘rsatmasiga muvofiq, Eronga tegishli harbiy nishonlarga qarshi yangi hujumlarni boshladi”, — deyilgan edi.
Ertalabki soatlarda yakunlangan harbiy amaliyot AQShning so‘nggi paytlarda Eronga qarshi ketma-ket uyushtirgan 12-hujumi sifatida qayd etildi.



















