G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil bombardimoni yuzasidan 1 kunda falastinlik 6 ming nafar tinch aholini ko‘chib ketdi
Isroil armiyasi G‘azo shahar markazida uylar, turar - joy binolari, maktablar va chodirlarni bombardimon qilishni davom etmoqda va bu holat minglab insonni o‘z uy - joyidan mahrum qildi.
Isroil bombardimoni yuzasidan 1 kunda falastinlik 6 ming nafar tinch aholini ko‘chib ketdi
15 сентябр 2025

Isroil shanba kuni (13.09.2025) G‘azo shahriga qarshi havo hujumlari uyushtirdi va oqibatida 6000 nafardan ortiq tinch aholi o‘z uy - joyini tashlab ketdi. G‘azodagi harbiy bo‘lmagan mudofaa guruhlari, Tel - Aviv, shaharni bosib olishni ko‘zlagan hujumlarini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Yuqorida nomi tilga olingan guruhning Matbuot xizmati kotibi Mahmud Basal mavzu haqida bergan bayonotida: «Bugun uylari nishonga olingan 6000 nafardan ortiq tinch aholi boshpanasiz qoldi», - degan so‘zlar bilan Isroil hujumi oqibatlariga e’tibor qaratdi.

Isroil armiyasi shanba kuni ertalabdan e’tiboran G‘azo shahrini bombardimon qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA)ga tegishli uylar, turar - joy binolari va uchta maktabni nishonga oldi.

Basal, hujumlarning hech qanday oldindan ogohlantirilmay turib amalga oshirilgani va buning oqibatida oʻnlab tinch aholi halok boʻlganini oʻz soʻziga ilova etdi.

Mahmud Basal shuningdek: «Gʻazo shahri aholisi davom etayotgan qamal va bombardimon ostida oʻta ogʻir sharoitlarda omon qolish uchun kurashmoqda», - dedi.

Uning ta’kidlashicha, Isroilning hozirgi siyosati tufayli bir million nafardan ortiq inson, jumladan, minglab bolalar oʻlim xavfi ostida.

Isroilning kuchli bombardimoni

Gʻazo hukumati matbuot xizmati ma’lumotlariga koʻra, Gʻazo shahrida taxminan 1,3 million kishi istiqomat qiladi. Isroil tomonidan majburan evakuatsiya qilingan bu insonlar 800 ming kishi asosiy ehtiyojlarsiz yashaydigan Xon Yunusdagi al - Mavasiy tomon koʻchib oʻtmoqda.

Ommaviy axborot vositalarining bildirishicha, Isroil armiyasi 11 - avgustdan beri Gʻazo shahrida 1600 ta minora va turar - joy binolarini butunlay yer bilan yakson qilgan, 13 000 ta chodirni esa yoʻq qilgan.

Gʻazo shahri aholisining aksariyati juma kunidan beri Isroilning kuchli bombardimonlari ostida qolgan shaharning gʻarbiy mahallalarida chorasiz qoldi.

Isroilning «Gideon aravalari 2» deb nomlangan va 3 - sentabr kuni boshlangan quruqlikdagi amaliyoti G‘azo shahrini butunlay egallab olishni koʻzlamoqda. Biroq, bu harakat Isroil ichida tanqidlarga yoʻl ochdi va ular bu hududda haligacha mahbuslar borligi va nomi tilga olingan amaliyot ular hayotiga xavf tugʻdirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.