DUNYO
1 daqiqa o'qish
Janubiy Kore Shimoliy Kore va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatmoqda
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 25-iyul kuni bergan bayonotida Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shimcha 30 ming nafar askar yubormoqchi ekanini aytgan edi.
Janubiy Kore Shimoliy Kore va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatmoqda
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choe Son-hui 19-20-iyul kunlari Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi.

Janubiy Koreya Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yaqindan kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda: “Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik bilan bog‘liq vaziyat yaqindan kuzatilmoqda”, degan ifodalar qo‘llanildi.

Bayonotda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi qarorlarini buzayotgan “Shimoliy Koreya–Rossiya harbiy hamkorligini zudlik bilan to‘xtatish” haqidagi chaqiriq yana bir bor takrorlandi.

Hukumat manbalari esa hozirga qadar Shimoliy Koreyadan qo‘shimcha askarlar jo‘natilganini tasdiqlovchi hech qanday belgi aniqlanmaganini bildirdi.

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy 25-iyul kuni bergan bayonotida Shimoliy Koreya Rossiyaga qo‘shimcha 30 ming nafar askar yuborishni rejalashtirayotgani, shuningdek, ballistik raketalarni uchirish qurilmalarini ham jo‘natishga tayyorlanayotganini da’vo qilgan edi.

Seul ma’muriyatining baholashicha, Shimoliy Koreya hozirgacha Rossiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida qariyb 20 ming nafar askar va harbiy muhandis yuborgan. Ulardan taxminan 14 ming nafari front chizig‘ida xizmat qilayotgani taxmin qilinmoqda.

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Chve Son Xiyning 19–20-iyul kunlari Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgani ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik yanada kuchayishi mumkinligi haqidagi fikrlarni ko‘paytirgan edi.