G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
G‘azoda sulhga qaramay yana 5 kishi halok bo‘ldi
Isroil tomondan 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlarda jami halok bo‘lganlar soni 73 ming 821 nafarga yetdi.
G‘azoda sulhga qaramay yana 5 kishi halok bo‘ldi
_

Isroil armiyasining G‘azo sektoriga sulhga qaramay uyushtirgan hujumlarida so‘nggi 24 soat ichida 5 kishi halok bo‘ldi.

G‘azodagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi mavzu haqida bergan yozma bayonotida Isroilning 2023 - yil oktabridan buyon uyushtirgan hujumlarida qayd etilgan qurbonlar soni bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unda, sulhga qaramay Isroil hujumlari davom etayotgan G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida 5 kishi halok bo‘lgani, 28 kishi yaralangani bildirildi.

G‘azoda 2025 - yilning 10 - oktabrida sulh kuchga kirgani, shunga qaramay undan beri Isroil hujumlarida 1386 kishi halok bo‘lgani, 4784 kishi yaralangani, vayronalar ostidan esa 831 kishining jasadi olib chiqilgani qayd etildi.

Isroilning 2023 - yilning oktabridan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jami halok bo‘lganlar soni 73 ming 821 nafarga, yaralanganlar soni esa 174 ming 897 nafarga yetgani bildirildi.

G‘azo sektorida vayronalar ostida hali ham minglab jasadlar qolayotgani aytilmoqda.