G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Falastinlik xristianlar: Isroil Falastinda xristianlar o‘rnini yo‘q qildi
Falastinlik xristianlar Isroil Falastinda xristianlar o‘rnini yo‘q qilgani haqida gapirdi.
Falastinlik xristianlar: Isroil Falastinda xristianlar o‘rnini yo‘q qildi
-
29 сентябр 2025

Falastin hukumati agentligi Isroil Falastindagi xristianlar o‘rnini yo‘q qilgani va G‘azodagi qatliom paytida cherkovlar bilan xristianlar muassasasini bombalashda davom etayotganini bildirdi.

Falastindagi Diniy ishlar boʻyicha Oliy yetakchilik qoʻmitasi 2002 - yili Gʻarbiy Sohil boʻyidagi hujum chogʻida Rojdestva bazilikasi oldida turgan Isroil tanki aks etgan bir fotosuratni bo‘lishgan holda Netanyaxuning BMT Bosh assambleyasidagi so‘zlariga javob berdi. Netanyaxu Isroil Yaqin Sharqda xristianlarni himoya qiladigan yagona davlat ekanini iddao qilgandi.

Qoʻmita: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining deyarli boʻm - boʻsh zalida urush jinoyatchisi va Xalqaro jinoiy sud qochqini Binyamin Netanyaxu yana bir bor falastinlik xristianlar haqida yolgʻon gaplar tarqatdi”, - dedi.

Qoʻmita shuningdek: “Haqiqat aniq: Isroilning etnik tozalash, aparteid va genotsidga oid mustamlakachilik siyosati Falastindagi xristianlarning oʻrnini yo‘q qildi”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Qoʻmitaning ta’kidlashicha 1948 - yildagi Nakba (Falokat) oldidan Falastinning tarixiy tuproqlarida xristianlar aholining 12,5 foizini tashkil qilar edi ammo Isroil davlati barpo etilishi chogʻida yuz minglab inson oʻz uylaridan majburan koʻchirilgan. Bugungi kunda ular tarixiy Falastindagi xristianlarning atigi 1,2 foizi va 1967 - yili bosib olingan hududlarda 1 foizini tashkil qiladi.

Qo'mita bu pasayish Isroilning etnik tozalash, majburiy ko'chirish, yerlarni tortib olish va tizimli zulm siyosatining bevosita natijasi ekanini qayd etdi.

Qo'mita Nakba paytida falastinlik 90 ming nafar xristian oʻz uy - joyidan mahrum qilinishi va qariyb 30 ta cherkov majburiy ravishda yopilganini namuna sifatida ifoda etdi.

Shuningdek, 1948 - yili Quddusdagi Semiramis mehmonxonasi yahudiy harbiylashtirilgan “Xagana” guruhi tomonidan portlatib yuborishi oqibatida falastinlik 25 nafar xristian oʻldirilgani va o‘sha yili Nosira yaqinidagi Aylabun qishlog‘ida 12 nafar xristianning qatl etilganini yodga soldi.