Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkiya Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Erdo‘g‘an va Tramp o‘rtasidagi suhbatda Turkiya–AQSh munosabatlari, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Prezident Erdo‘g‘an Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlikni bartaraf etishda diplomatik imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish muhimligini ta’kidladi. U muzokaralar davom etishiga umid bildirdi hamda Turkiya tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.
Erdo‘g‘an suhbat davomida Pokiston va Saudiya Arabistoni bilan birgalikda o‘tgan hafta imzolangan Qo‘shma mudofaa bitimi orqali mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash borasida qat’iy pozitsiya namoyon etilganini qayd etdi.
Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, G‘azo tinchlik jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tish maqsad qilinayotgan bir paytda Isroil ma’muriyatining falastinliklarni nishonga olgan xatti-harakatlari kuchayganiga e’tibor qaratdi.
U Turkiya mintaqada doimiy tinchlik o‘rnatilishi va G‘azoni qayta tiklash yo‘lida tashlanadigan qadamlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.



























