Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an seshanba kuni (27.01.2026) bergan bayonotida Suriyada, ayniqsa sobiq rejimning uzoq yillar davom etgan mojarolari oqibatida vayron bo‘lgan aholi yashash joylari haqida so‘z yuritar ekan, mamlakatda keng ko‘lamli qurilish va qayta tiklash safarbarligi boshlanishini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an Suriyaning butun hududida, xususan sobiq rejimning barrel bombalari bilan xarobaga aylantirilgan aholi punktlarida katta qurilish va ihyo ishlari boshlanishini ta’kidlab, Suriya barqarorlik va xavfsizlikka erishgan sari buning ijobiy ta’siri eng avvalo Turkiya boshchiligida barcha qo‘shni davlatlar tomonidan bevosita sezilishini bildirdi.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Asad boshqaruvi davrida ko‘plab kurd fuqarolari fuqarolikdan mahrum etilgan Suriyada yangi boshqaruvning kurd fuqarolarining asosiy huquqlarini kafolatlovchi so‘nggi qarorini mamnuniyat bilan qarshi olganini ifoda etdi.
Abadiy birodarlik
Mamlakatda birlikka chaqirgan Prezident Erdo‘g‘an suriyaliklarni etnik masalalari ustidan qo‘zg‘atishga qaratilgan urinishlarga qarshi ogoh bo‘lishga, kurd jamoalarini esa begona o‘yinlarga aldanmaslikka chaqirdi.
Erdo‘g‘an mavzu haqida shuningdek:
«Qurd birodarlarimdan, fuqarolarimdan iltimos qilaman: azaliy va abadiy birodarligimizga zarba berishni, oramizga nifoq solishni maqsad qilgan o‘yinlarga e’tibor bermang». - dedi.
Turkiya Suriyaning yangi hukumati bilan yaqin hamkorlikda, chegaralar ortida yashovchi kurd jamoalaridan kelayotgan insonparvarlik yordami haqidagi talablarga javob berayotganini ham ta’kidlagan Erdo‘g‘an; Turkiya Suriyaning hukumati bilan yaqin hamkorlikda insonparvarlik yordami so‘ragan kurd jamoalarining bu talablarini bajarayotganini urg‘uladi.
Erdo‘g‘an Suriyaning yagona davlat sifatida saqlanib qolishi zarurligini ta’kidlab, parallel qurolli tuzilmalar borligini qat’iyan rad etdi.
«Davlat ichida davlat, alohida qurolli kuch bo‘lmaydi» - degan Turkiya Prezidenti, yagona to‘g‘ri yo‘l tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq tinch yo‘l bilan yechim topish ekanini o‘z so‘ziga qo‘shimcha qildi.
Erdo‘g‘an so‘zlarini quyidagicha yakunladi:
«Erishilgan kelishuv ruhiga mos ravishda masalani muloyimlik va vazminlik bilan hal qilish yagona chiqish yo‘lidir».






















