Rossiyaning Vesti milliy telekanali tomonidan Telegram orqali berilgan xabarga ko‘ra Kreml bugun (26.10.2025) bergan bayonotida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuvning bekor qilinishi haqidagi gaplar noto‘g‘ri ekani ammo bu uchrashuv uchun tayyorgarlik qilinishi kerakligini qayd etdi.
Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov mavzu haqida Pavel Zarubinga bergan bayonotida: «Prezidentlar faqat uchrashish uchun uchrashmaydi, ular vaqtlarini bekorga sarflamay olmaydilar va bu haqida ochiq gapiradilar. Shu bois ham (Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey) Lavrov va (AQSh Davlat kotibi Marko) Rubio’ga bu jarayonni tayyorlashni topshirdilar. Jarayon murakkab», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Peskov, shuningdek, AQSh tomonidan Rossiyaning Lukoil va Rosneft kompaniyalariga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni «do‘stona bo‘lmagan qadam» deb baholadi ammo lekin Rossiya barcha davlatlar, jumladan, AQSh bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga intilishini ta’kidladi.
Peskov o‘z so‘zini: «AQSh prezidenti tomonidan tilga olingan turli nuanslarga qaramay haligacha o‘z manfaatlarimizga e’tibor qaratishimiz kerak degan fikrdaman. Bizning manfaatlarimiz barcha davlatlar, jumladan, AQSh bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishdir. Albatta, bu hafta ko‘rilgan chora - tadbirlar do‘stona tusda emas edi. Ular, albatta, bizning munosabatlarimizni tiklash istiqbollariga ziyon yetkazdi ammo bu biz bu intilishlardan voz kechishimiz kerak degani emas. Biz o‘zimizga foydali bo‘lgan ishlarni qilishimiz kerak», - deya davom ettirdi.
Peskov, muzlatilgan rus aktivlarini musodara qilishga aloqador bo‘lgan har qanday shaxsga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.












