Ali Hamaneyning Isroil va AQShning harbiy hujumlari oqibatida halok bo‘lishining e’lon qilinishi bilan bugun ertalab (01.03.2026) mamlakatning to‘rt burchagida norozilik namoyishlari boshlandi.
Voqealar Yaqin Sharqdagi keskinlikni yanada kuchaytirar ekan, Eron ichida ham keng ko‘lamli jamoatchilik e’tiroziga yo‘l ochdi.
Eron davlat televideniyesi ertalab Hamaneyning AQSh – Isroil hujumlarida halok bo‘lganini «Islom inqilobi yetakchisi shahidlik maqomiga yetdi», - degan so‘zlar bilan e’lon qildi.
Hukumat 40 kunlik milliy motam e’lon qilib, yetti kunlik rasmiy ta’til joriy etdi.
Hamaneyning vafoti haqidagi xabarlar ortidan mamlakatning ko‘plab shaharlarida insonlar ko‘chalarga chiqdi.
Eron ommaviy axborot vositalari, Eron bayroqlarini ko‘targan namoyishchilar shahar markazlarida to‘planib, qayg‘u - tashvishlari haqida gapirayotganliklarini xabar qildi.
Tehronda yuzlab kishi Inqilob maydonida yig‘ildi. Namoyishchilar Hamaneyning suratlarini ko‘targan holda AQSh va Isroilni qoralovchi shiorlar aytishdi.
Muqaddas Qum shahrida yuzlab inson Hazrati Masuma maqbarasida to‘planib, hujumlarni qoraladi.
Mashhadda esa motam tutayotganlar mamlakatning eng muhim diniy maskanlaridan biri bo‘lgan Imom Rizo maqbarasi gumbaziga qora bayroq osib, ramziy motam namoyishini o‘tkazdi. Maqbara atrofida ko‘plab inson ko‘z yoshi to‘kayotgani kuzatildi.
Hamaneyning oila a’zolari ham halok bo‘ldi
Rasmiylar shanba kuni ertalab (28.02.2026) sodir bo‘lgan hujum, Tehrondagi ofisida bo‘lgan paytda Hamaneyni nishonga olganini ma’lum qildi.
Eron milliy axborot vositalari yer ostida yashiringani haqidagi iddaolarni rad etib, Hamaney hujum vaqtida o‘z vazifasini bajarayotgani va xalq orasida ekanini ta’kidladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, uning o‘limini, bir umr davom ettirgan jamoat yetakchiligi rolining aksi sifatida baholadi.
Eron manbalari Hamaneyning qizi, kuyovi, nabirasi va kelini hamda ayrim boshqa oila a’zolari ham hujumlarda halok bo‘lganini bildirdi.
Hujumlar oqibatida tinch aholi vakillari ham halok bo‘ldi. Eron Qizil Yarim oy jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar natijasida tinch aholidan 201 kishi halok bo‘lgan, 747 kishi esa jarohatlangan.














