Turkiya, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda ortib borayotgan isroillik ko‘chmanchilarning terrorchilik harakati va noqonuniy yashash punktlari faoliyatlarini qoralab, bu holat mintaqada butunlay tinchlik o‘rnatishga bo‘lgan umidlarini kamaytirayotganini ta’kidladi.
Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida: «G‘arbiy Sohilda so‘nggi paytlarda avj olgan ko‘chmanchilar terrori va noqonuniy yashash punktlari faoliyatlari, shuningdek Isroil xavfsizlik kuchlarining falastinliklarga nisbatan yo‘lga qo‘ygan bosimlarini qoralaymiz», — deyiladi.
Bayonotda, Isroilning anneksiya (qo‘shib olish) qilib olish amaliyotlari va yashash punktlari siyosati; Anqara tomonidan uzoq muddatli mintaqaviy barqarorlik uchun asos deb topilgan ikki davlatli yechimni zaiflashtirayotgani qayd etildi.
Vazirlik, ko‘chmanchilar zo‘ravonligi falastinliklarning avvalo yashash huquqi bo‘lgan asosiy huquqlarini nishonga olayotganiga e’tibor qaratdi.
Bayonotda shuningdek: «Isroilning mintaqada doimiy tinchlikning kaliti hisoblangan ikki davlatli yechimni yemirishni maqsad qilgan anneksiya amaliyotlari va falastinliklarning avvalo yashash huquqi bo‘lgan asosiy huquqlarini nishonga olgan ko‘chmanchi terroriga darhol barham berish — xalqaro huquq va mintaqaning barqarorligi nuqtayi nazaridan zaruriy shartdir» - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Xalqaro huquqqa chaqiriq
Turkiya, bu amaliyotlarga zudlik bilan chek qo‘yish xalqaro huquqning talabiga mos kelishi va mintaqadagi barqarorlikni saqlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanini bildirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro hamjamiyatning yirik qismi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilni — Sharqiy Quddusni ham qo‘shgan holda — bosib olingan hududlar deb qabul qiladi va Isroil yashash punktlarini xalqaro huquqqa zid deb hisoblaydi.
Anqara bayonoti mintaqada ortayotgan taranglik va yashash punktlari faoliyatining Isroil-Falastin mojarosini yanada kuchaytirayotganiga doir xalqaro xavotirlar kuchaygan bir davrga to‘g‘ri keldi.
















