Isroil Mudofaa vazirligining juma kuni bergan bayonotiga ko‘ra, 2026 - yili mudofaa byudjeti 112 milliard shekel yani 34,63 milliard dollarga yetgani ifoda etildi. Bu miqdor avvalgi loyihada ko‘zda tutilganidan 27,8 milliard dollarga (90 milliard shekel) ko‘pdir.
Mudofaa vaziri Yisrael Katz bilan Moliya vaziri Bezalel Smotrich hukumatning kelgusi yil byudjeti bo‘yicha olib borgan muhokamalari davom etar ekan, mudofaa xarajatlari doirasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Byudjet mart oyigacha tasdiqlanishi kerak, aks holda mamlakat qayta saylov o‘tkazishga majbur bo‘lishi mumkin.
Vazirlar payshanba kuni (04.12.2025) odatda uzoq davom etgan majlisni boshlagan holda juma kuni ertalab bo‘lishi kutilayotgan ovoz berish oldidan muzokaralarni davom ettirdi. Matn qabul qilingudek bo‘lsa, unda, birinchi ovoz uchun parlamentga yuboriladi.
Katzning idorasi bergan bayonotga ko‘ra Mudofaa vaziri: “Isroil Mudofaa kuchlarini (IDF) kuchaytirish, jangchilarning ehtiyojlarini to‘liq qondirish va zaxiradagi askarlar yukini kamaytirish uchun qat’iy choralar ko‘rishni davom ettiramiz. Bu orqali Isroil davlatining frontlardagi xavfsizligini ta’minlaymiz”, - dedi.
Smotrich idorasi esa, 2026 - yili mudofaa byudjeti 2023 - yilning urushdan oldingi davrga nisbatan 14,5 milliard dollar (47 milliard shekel) oshganini bildirdi.
Tel - Avivning G‘azoga qarshi uyushtirgan shafqatsiz urushi, 2024 - yili Falastin hududlari bilan Livanga qarshi boshlatgan urushi uchun 31 milliard dollar sarflagan Isroil uchun juda qimmatga tushdi.
Shundan beri Isroil ham G‘azodagi Hamas, ham Livandagi Hizbulloh bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi.









