DUNYO
2 daqiqa o'qish
Meksika Prezidenti Venesueladagi AQSh harbiy aralashuvini qoraladi
Prezident Sheynbaum Meksika hududiga shunga o‘xshash aralashuv ehtimolini rad etdi.
Meksika Prezidenti Venesueladagi AQSh harbiy aralashuvini qoraladi
Matbuot anjumanida Sheinbaum Venesueladagi aralashuvga o'xshash har qanday ssenariyni rad etdi. / Reuters
6 январ 2026

Meksika Davlat rahbari Klaudiya Sheynbaum AQShning Venesuelaga qarshi harbiy aralashuvini va Nikolas Maduroning o‘g‘irlab ketilishini qoralab, Lotin Amerikasida har qanday harbiy aralashuvni rad etdi hamda Meksika hududiga shunga o‘xshash hujum uyushtirilishi ehtimolini inkor qildi.
Dushanba kuni ertalab o‘tkazilgan brifingda Sheynbaum Meksikaning har qanday xorijiy aralashuvni qat’iyan rad etishini ta’kidlab, bu pozitsiya nafaqat Meksika Konstitutsiyasiga, balki Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga ham asoslanishini bildirdi.
Sheynbaum shunday dedi: “Biz boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashuvni qat’iyan rad etamiz. Lotin Amerikasi tarixi ko‘rsatgan aniq va ravshan haqiqat shuki, aralashuv hech qachon demokratiya olib kelmagan, hech qachon farovonlik yaratmagan va barqarorlikni ham ta’minlamagan.”

Maduro va uning rafiqasi Silia Flores shanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Venesuela poytaxti Karakasdagi bir nechta nishonlarga havo hujumlari berish buyrug‘ini berganidan so‘ng o‘g‘irlab ketildi; venesuelalik rasmiylarga ko‘ra, hujumlar oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘lgan.
Meksika Tashqi ishlar vaziri Xuan Ramon de la Fuente ham Tramp ma’muriyatining harakatlarini tanqid qilib, BMTning passivligini qoraladi. U BMT bir tomonlama va zo‘ravon harakatlar qarshisida qat’iy qadam tashlashda muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytib, shunday dedi: “Birlashgan Millatlar Tashkiloti hanuz bizning ustuvor ko‘p tomonlama tuzilmamiz. Bizda bor eng yaxshi institut shu. Ammo afsuski, bugun u gegemon kuchlarning suiiste’mollarini cheklashda samarasiz ekanini ko‘rsatdi. Xalqaro huquqning kundan-kunga buzilishini qoralash uchun ovozini ko‘tarishda ojiz qolmoqda.”

AQShning Venesuelaga aralashuvidan so‘ng darhol Tramp Meksika va Kolumbiya, jumladan, boshqa Lotin Amerikasi davlatlarini ham ehtimoliy nishonlar sifatida tilga olib, ularni xalqaro giyohvand moddalar kontrabandasi markazlari, deb da’vo qildi.
Meksika masalasida Tramp Sheynbaumning narkokartellardan “qo‘rqishini” va mamlakatdagi haqiqiy boshqaruv kuchi aynan shu kartellar ekanini iddao qilib, harbiy aralashuv ehtimoliga ishora qildi.
Matbuot anjumanida Sheynbaum Venesueladagi aralashuvga o‘xshash har qanday ssenariyni rad etib, shunday dedi: “Bosqin bo‘lishiga ishonmayman. Buni hatto ular ham juda jiddiy qabul qilmoqda, deb o‘ylamayman.”
Sheynbaum Tramp AQSh armiyasining Meksikaga kirishiga ruxsat berish taklifini bir necha bor bildirganini, biroq o‘z ma’muriyati bu taklifni keskin rad etganini aytdi: “Biz bunga juda aniq tarzda yo‘q dedik. Avvalo, suverenitetimizni himoya qilganimiz uchun; ikkinchidan esa, bunga ehtiyoj yo‘qligi sababli,” deya ta’kidladi.

Boxabar bo'ling!
Erondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni ortdi
Indoneziyadagi sel falokati kamida 16 kishining o‘limiga yo‘l ochdi
Shveytsariyalik rasmiylar yong‘indan oldin tekshiruvlar o‘tkazilmaganini tan oldi
Eron Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan bir kishini o‘lim jaziga tortdi
Suriyaning Halab aeroportidagi parvozlar to'xtatildi
Livan Prezidenti: Isroilning Livanga qarshi hujumlari jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda
BMT AQShning Venesueladagi sa'y - harakatidan xavotirda ekanini bildirdi
Xitoy Irlandiya orqali Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni chuqurlashtirishni ko‘zlamoqda
Tokiodagi auksionda 243 kilogrammli ko‘k suzgichli orkinos 3,2 million dollarga sotildi
Yaponiya–Xitoy tarangligi fonida Tokio muloqotga chaqirdi
Ukraina Moskvaga qarshi har kuni hujum uyushtirgani aytilmoqda
Venezuelaning prezident saroyi yaqinida o‘q va portlash ovozlari eshitildi
Yaponiyaning g'arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi
Venesueladagi AQSh amaliyotidan so‘ng YI davlatlari xalqaro huquqqa chaqirdi
Gavana: AQShning Venesuelaga aralashuvi chog‘ida 32 nafar kubalik jangchi halok bo‘ldi
Kolombiya Prezidenti Petro Trampga javob berdi: “Meni badnom qilishni bas qiling”
Venesuela muvaqqat prezidenti Maduroning qo‘lga olinishi ortidan AQShni hamkorlikka chaqirdi
Xitoy "dunyoning sudyasi" sifatida harakat qilayotgan davlatlarga rozi bo'lmaydi, deb aytdi, AQSh Maduroni qamab olganidan so'ng
Maduro tarafdorlari Karakasda “Prezidentimizni ozod qiling” deb miting o'tkazdi
Erondagi namoyishlar paytida kamida 16 kishi halok bo‘ldi