Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha tinchlik muzokaralari yaqin kelajakda qayta boshlanishidan umidvor ekanini ma’lum qildi. Fevral oyidan buyon to‘xtab qolgan ushbu jarayonni jonlantirish maqsadida, AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘z vakillarini Moskva va Kiyevga yuborgan.
Peskov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio taklif qilgan kelishuv yo‘l xaritasiga munosabat bildirar ekan, Rossiyada muzokaralar uchun «tasdiqlangan siyosiy iroda» mavjudligini ta’kidladi.
Biroq, to‘rt yarim yildan beri davom etayotgan urushni tugatish masalasida tomonlar o‘rtasida hamon katta tafovutlar saqlanib qolmoqda. Xususan, Kiyev Moskvaning yangi hududlarni topshirish haqidagi talablarini qat’iy rad etmoqda.
Prezidentlar Vladimir Putin va Donald Trampning telefon muloqotidan so‘ng gapirgan Kreml rasmiysi, Vashington bilan parda ortida aloqalar davom etayotganini tasdiqladi. Shuningdek, Peskov ikki davlat o‘rtasida mahbuslar almashinuvi doimiy kun tartibida ekanini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy Rossiya Trampning so‘rovi bilan amerikalik mahbus Robert Gilmanni ozod qilgan edi.














