Prezident Patrik Talon yakshanba kuni (07.12.2025) mamlakatdagi to‘ntarish tashabbusi ortidan Benindagi vaziyat to‘liq nazorat ostiga olingani va fuqarolar oddiy hayot sharoitiga qaytishi mumkinligini bildirdi.
G‘arbiy Afrika davlati prezidenti Benin TV davlat telekanali orqali xalqga murojaat qilar ekan, «kichik bir guruh harbiylar… respublikachi institutlariga qarshi hujum qilish va demokratik tartibni kuch bilan izdan chiqarib, mamlakatni beqarorlashtirish uchun qo‘zg‘olon boshlatdi» - dedi.
Talon, prezident va qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni sifatida mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rganini bildirdi.
Benin prezidenti, shuningdek, «respublikachi va mamlakatga sodiq» qolgan harbiylarga minnatdorchilik bildirib, bu urinish jazosiz qolmasligini ta’kidladi.
Bir guruh beninlik harbiylar, yakshanba kuni (07.12.2025) davlat telekanaliga bergan bayonotida, Prezident Talonni lavozimidan chetlatganliklari va polkovnik Pasqal Tigrini yangi tuzilgan Harbiy Qayta tiklash qo‘mitasiga rahbar etib tayin qilganliklarini ifoda etgandi.
Ichki Ishlar vaziri Alassan Seydu esa milliy telekanalga bergan intervyusida, kichik bir guruhdan iborat harbiylarning to‘ntarish urinishiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Mahalliy 24 Heures Au Benin saytiga ko‘ra mudofaa va xavfsizlik kuchlari Tigrini qidirayotgan edi.
Ushbu to‘ntarish urinishidan avval, noyabr oyining oxirlarida Gvineya - Bisauda sodir bo‘lgan harbiy to‘ntarish natijasida general Xorta Inta - A vaqtinchalik prezident etib tayinlangandi.











