SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Hozircha AQSh - Eron muzokara jarayonlari yo‘qligi qayd etildi
Oq uy Eron muzokara stoliga jiddiy niyatda qaytmaguncha, unga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirishi va zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa harbiy choralarni ham ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Hozircha AQSh - Eron muzokara jarayonlari yo‘qligi qayd etildi
_

Oq uy Matbuot xizmati kotibi Karolin Leavitt Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) bilan Eron o‘rtasida hozirda hech qanday muzokara olib borilmayotganini ma’lum qildi.

Leavitt payshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida: “Hozir hech qanday muzokara olib borilmayapti va prezident, Eron jiddiy ravishda muzokara stoliga kelishiga ishonch xosil qilgunga qadar bu holat davom etadi. Hozircha esa bunday vaziyat yo‘q”, dedi.

Uning ta’kidlashicha, buning o‘rniga AQSh Oq uy “Iqtisodiy yakkalash amaliyoti” deb atayotgan tashabbus orqali Eronga iqtisodiy bosimni kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda. Leavitt Prezident Donald Tramp “barcha variantlarni stol ustida saqlashda davom etayotganini” bildirdi.

Leavitt: “Harbiy kuchlarini yo‘q qilish uchun ‘Epic Fury’ amaliyotlarlarini amalga oshirdik. Endi esa iqtisodiyotini yo‘q qilish uchun ‘Iqtisodiy yakkalash amaliyotlari’ni olib boryapmiz” - dedi.

“Umuman olganda, AQSh Hormuz bo‘g‘ozini nazorat qilmoqda. Bo‘g‘oz Prezident Tramp va AQSh harbiylari tufayli ochiq holda qolmoqda”.

AQSh bilan Eron Pokiston hamda Qatar vositachiligidan so‘ng iyun oyida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan, biroq Hormuz bo‘g‘ozi masalasidagi kelishmovchiliklar sababli uning amalga oshirilishi to‘xtab qolgan.

AQSh o‘tgan oy Eronga qarshi harbiy hujumlarini qayta boshlaganida, Tehron ham Vashingtonning ittifoqchisi bo‘lgan arab mamlakatlaridagi AQSh harbiy obyektlariga zarba berib, javob qaytargan.