MADANIYAT
1 daqiqa o'qish
Beyonse 100 marta "Grammy"ga nomzod bo‘lgan ilk san’atkorga aylandi
Tarixiy rekord: Beyonse 100 marta "Grammy" mukofotiga nomzodlikni qo‘lga kiritdi!
Beyonse 100 marta "Grammy"ga nomzod bo‘lgan ilk san’atkorga aylandi
Beyonce, 100 kez Grammy ödüllerine aday / TRT Özbekçe

2027-yil 7-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 69-«Gremmi» (Grammy) mukofoti nomzodlari e’lon qilindi.

Xonanda Beyonse «Morning Dew (Donk)» qo‘shig‘i bilan «Eng yaxshi yakkaxon R&B ijrosi» nominatsiyasida «Gremmi» mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Ushbu nominatsiya bilan Beyonse «Gremmi» mukofotlariga 100 marta nomzod bo‘lgan ilk san’atkor sifatida tarixga kirdi.

Beyonsedan tashqari, mazkur nominatsiya da’vogarlari qatoridan Kelanining (Kehlani) «Out The Window», Viktoriya Monening (Victoria Monet) «Let Me», Jill Skottning (Jill Scott) «Pressha» hamda Temsning «What You Need» qo‘shiqlari ham joy oldi.

Shuningdek, britaniyalik xonanda Raye 11 ta nominatsiyaga qo‘yilib, ayol san’atkorlar orasida bir yil ichida eng ko‘p nomzodlikni qo‘lga kiritish rekordini takrorladi. O‘tgan yili Beyonse ham 11 ta nominatsiyaga nomzod ko‘rsatilgan edi.