DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina razvedka uchun Telegramdan foydalanishini tan oldi
Zelenskiy, Ukraina razvedkasi Rossiya ichida faoliyat yuritish uchun Telegramdan foydalanishini tan oldi.
Ukraina razvedka uchun Telegramdan foydalanishini tan oldi
_

Kiyevda juma kuni (20.03.2026) uyushtirilgan matbuot anjumanida gapirgan Zelenskiy, Rossiyada Telegramning bloklanishiga oid savolga javob berar ekan; Ukraina razvedkasi Rossiya ichida faoliyat yuritish uchun Telegramdan foydalanishini tan oldi.

Zelenskiyning aytishicha, Moskva ham Telegram orqali ukrainaliklarni nishonga olmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra Rossiya va uning maxsus xizmatlari Telegram orqali Ukraynada faoliyat yuritayotgani ma’lum, bu aniqlangan va bunga qarshi kurash olib borilmoqda.

Xuddi shu tarzda Ukraina ham Telegram orqali Rossiya ichida ishlayotganini ochiq - oydin ifoda etdi.

Telegramga qo‘yilgan cheklovlar Ukrainaning ishini qiyinlashtirayotganini tan olgan Zelenskiy, shunga qaramay, Rossiyaning milliy xabar almashish ilovasi Maxga ham erishishlarini bildirdi.

Telegramning Ukrainaga ma’lumot uzatayotgani haqidagi iddaolar

Zelenskiy, Telegramga cheklovlar qo‘yilishi tufayli rus xalqiga SMS yuborish qiyinlashgani ammo Max orqali ham faoliyatini davom ettirilishini ifoda etdi.

Rossiya rasmiylari o‘tgan yilning dekabr oyida Telegram xizmatini sekinlashtira boshlar ekan, Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati (FSB) ushbu ilovani Ukraina armiyasi va razvedkasiga ma’lumot yetkazishda ayblagan edi.

Fevral oyi boshida ilovaga kirish cheklandi ammo harbiylardan kelgan shikoyatlar sababli bu cheklovlar bekor qilindi.

Rossiya 2019 - yildan beri Facebook, Instagram, LinkedIn, YouTube va WhatsApp kabi ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarga kirishni taqiqlagan.

Boxabar bo'ling!
Tramp: “Butun Eronni havoga uchirishim mumkin”
Eron Inqilobiy gvardiyasi: “Hormuz bo‘g‘ozida MQ-1 uchuvchisiz apparati urib tushirildi”
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi hujumlar davom etmoqda
Halabdagi portlashlarda to‘rt kishi yaralandi
Saudiya Arabistoni husiylarning Ar-Riyodga otgan ballistik raketasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi
AQSHda sun’iy intellekt kompaniyalari ustidan raqobat qonunlarini buzganlik da’vosi bilan sudga muro
AQSH Yaqin Sharq uchun xavfsizlik ogohlantirishini e’lon qildi
AQSh Ukraina uchun 2,68 milliard dollarlik havo mudofaasi paketini ma'qulladi
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
Aroqchi Xitoy tashrifidan so‘ng: Bugun qabul qilingan qarorlar strategik muvozanatni belgilaydi