Abashev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina armiyasi Tataristonga dron hujumi uyushtirganini bildirdi.
Uning qayd etishicha, dronlardan biri Nijnekamskdagi turar joylardan biriga kelib urilgan.
“Huqum oqibatida 4 kishi jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi. Jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, dedi Abashev.
Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixonov ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hujum natijasida Zakamye hududidagi ayrim korxonalar zarar ko‘rganini ma’lum qildi.
Minnixonov voqea joyida tegishli xizmatlar faoliyat olib borayotganini bildirib:
“Korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatilmadi”, dedi.
200 dan ortiq Ukraina droni urib tushirildi
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, tunda Ukrainaga tegishli 231 ta dron Moskva hamda boshqa hududlar, shuningdek Azov dengizi ustida yo‘q qilingan.
Moskva meri Sergey Sobyanin ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida kechadan buyon Moskvaga qarab uchayotgan 14 ta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi.











