Isroil, AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan tuzilgan va “Tinchlik Kengashi” (Board of Peace) doirasida faoliyat yuritishi ham da qamal ostidagi Falastin hududlarida urushdan keyingi boshqaruvni nazorat qilishi ko‘zda tutilgan G‘azo Paneli tarkibiga e’tiroz bildirganini ma’lum qildi.
Shanba kuni Binyamin Netanyaxuning idorasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda mavzu haqida: “‘Tinchlik kengashiga qarashli G‘azo Ijroiya kengashi tarkibi haqidagi e’lon Isroil bilan muvofiqlashtirilmadi va bizning siyosatimizga zid”, - deyiladi. Bayonotda, shuningdek, Netanyaxu bu masalani to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSh Davlat kotibiga yetkazish uchun Tashqi Ishlar vaziriga ko‘rsatma bergani qayd etildi.
Oq uy tomonidan juma kuni e’lon qilingan va “G‘azo Ijroiya kengashi” nomi bilan tanilgan ushbu Panel tarkibida Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ham da Qatardan bir nafar rasmiy shaxs borligi e’tiborni tortdi.
Tinchlik kengashi shanba kuni (17.01.2026) Misr, Turkiya, Argentina va Kanada yetakchilarini jalb etishga qaratilgan chaqiriqlar bilan shakllana boshladi. Tramp ikki yildan buyon davom etayotgan uzluksiz Isroil bombardimonlari va genotsid darajasiga yetgan urush oqibatida katta qismi vayronaga aylangan Falastin hududlarida iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan bahsli qarashlarini ilgari surar ekan, o‘zini ushbu kengash raisi deb e’lon qilgandi.
Mazkur voqealar Tinchlik kengashi nazorati ostida G‘azoni boshqarish vazifasi yuklatilgan falastinlik texnokratlar qo‘mitasining Kushner ishtirokida Qohirada o‘tkazgan ilk yig‘ilishidan so‘ng yuz berdi.








