Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Istanbuldagi Shangri - La Bosphorus Istanbul mehmonxonasida o‘tkazilgan DEIK 39 - Umumiy qurultoyi va ustalarga hurmat ko‘rsatish mukofotlarini taqdim etish marosimida nutq so‘zladi. Unda, faqatgina 2025 - yilning o‘zida 22 ta davlatga rasmiy tashrif uyushtirgani va 26 ta sammitda ishtirok etganini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘an Turkiyada 136 nafar mehmonni qabul qilganliklari, 84 ta xorijiy va ichki uchrashuv o‘tkazganliklari hamda 134 ta rasmiy qabul marosimini amalga oshirganliklarini bildirdi.
U deyarli har borgan mamlakatida DEIK a’zolarining investitsiyalariga guvoh bo‘lganini ta’kidlab, mehnat va sa’y - harakatlar bilan barpo etilgan savdo ko‘priklarini shaxsan kuzatganini qayd etdi.
«DEIK bilan birgalikda yo‘l yurishda va hamjihatlikda harakat qilishda davom etamiz».
Prezident Erdo‘g‘an, DEIK, Turkiya va turk xalqini muvaffaqiyatli tarzda namoyon etayotganiga guvoh bo‘lganini qayd etdi.
U yarim oy va yulduz tasvirlangan Turkiya bayrog‘ining nafaqat diplomatik vakolatxonalarda, balki turk ishbilarmonlarining xorijdagi investitsiyalarida va turli mamlakatlarda amalga oshirayotgan loyihalarida ham hilpirayotganini ko‘rishdan faxrlanishini bildirdi.
Prezident o‘z so‘zida shuningdek: «Biz qo‘lni - qo‘lga berdik, yelkama - yelka turdik, qalblarimizni birlashtirdik va Turkiyani sizlar bilan birgalikda ilgari hech qachon erishmagan darajalarga olib chiqdik. Turkiyaning faxri bo‘lganingiz, mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarimiz sifatini dunyoning to‘rt burchagiga yetkazayotganingiz uchun sizlarni chin yurakdan tabriklayman. Bilib qo‘yingki, so‘nggi 23 yil davomida bo‘lgani kabi, kelajakda ham DEIK bilan birga yo‘l yurishda va hamjihatlikda harakat qilishda davom etamiz» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
«Mudofaa eksportimiz yilning dastlabki 5 oyida 29,5 foizga oshdi».
Erdo‘g‘an yana bir muhim yutuq sifatida o‘rta va yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining ulushi ortganini ta’kidlab, o‘z so‘zini shunday davom etdi:
«2002 - yili 10 milliard dollar bo‘lgan o‘rta - yuqori va yuqori texnologiyali mahsulotlardan tashkil topgan eksportimiz 2025 - yilga kelib 112 milliard dollarga yetdi. Ushbu ijobiy ko‘rsatkich 2026 - yilda ham davom etmoqda. Yillik hisobda o‘rta - yuqori va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sanoati mahsulotlari eksportimiz 114,4 milliard dollarga yetdi.
Mudofaa va aviatsiya eksportimiz so‘nggi 23 yil ichida 40 foizdan ortiq o‘sib, 2025 - yilda 10 milliard dollardan oshdi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarishimizning ramzi bo‘lgan ushbu sohadagi o‘sish sur’ati juda kuchli tarzda davom etmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra mudofaa va aviatsiya eksporti yanvar – may oylarida 29 foizga oshib, 3 milliard 863 million dollarni tashkil etdi. Allohga hamd bo‘lsin. Shunday qilib, mudofaa eksportimiz yilning dastlabki 5 oyida 29,5 foizga oshdi. Yiliga 248 million dollarlik mudofaa sanoati eksportidan bugungi kunda ayni sohada oyiga 992 million dollar eksport qiladigan darajaga yetdik».
Erdo‘g‘an, shuningdek, Eron urushi sabab yuzaga kelgan global inqirozning energiya narxlariga ko‘rsatgan ta’siri natijasida yuzaga kelgan keskin tebranishlar susayishi bilan inflyatsiya bo‘yicha ham kutilgan natijalarga erishishdan umidvor ekanini bildirdi.





















