TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Jevdet Yilmaz: 1453 - yil 29 - may sanasi tarixiy burilish nuqtasidir
Vitse - prezident Jevdat Yilmaz 1453 - yil 29 - may sanasini faqatgina bir shahar fath etilgan kun emas, ayni vaqtda, adolat va ilmning dunyoga e'lon qilingan kuni sifatida baholadi.
Jevdet Yilmaz: 1453 - yil 29 - may sanasi tarixiy burilish nuqtasidir
_

Turkiya Respublikasi Prezidenti orinbosari yoki vitse - prezident Jevdet Yilmaz, Istanbul fathining 573 - yilligi munosabati bilan NSosyal ijtimoiy tarmoq orqali:

"Istanbul fathining 573 - yilligi muborak bolsin. 1453 - yilning 29 - may kuni nafaqat bir shahar fath etilgan kun; balki adolat, ilm, ulkan bir ko‘z qarash va ajdodlarimizning madaniy tasavvurining dunyoga e’lon qilingan tarixiy burilish nuqtasidir. Qit'alar va madaniyatlarni birlashtirgan Istanbul, asrlar davomida turli madaniyatlarga mezbonlik qilib kelgan, xalqimizning iroda va ruhini ozida aks ettirgan beqiyos bir omonatdir. Bugun ham bu omonatni munosib tarzda kelajak avlodlarga yetkazish uchun ishlayapmiz" - degan ifodalarga orin berdi.

Jevdet Yilmaz, Fatih Sultan Mehmetni, qahramon qoshinni va fathda ishtirok etgan barcha nafarlarni rahmat va minnat bilan yod etdi.