Portugaliya Tashqi Ishlar vaziri kecha (21.09.2023) Falastin Davlatini rasman tan olganliklarini ma’lum qildi.
PRT xabariga ko‘ra Tashqi Ishlar vaziri Paulo Rangel mavzu haqida Portugaliyaning Nyu - Yorkdagi Doimiy vakili bilan suhbatlashgan bir paytda qayd etgan.
Rangel o‘z so‘zida garovga olingan hammaning ozod etilishi, dushmanliklarni to‘xtatish va G‘azoda tinchlik o‘rnatishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra bu qaror prezident va majlisdagi partiyalarning ko‘pchiligi qo‘llab - quvvatlagan muzokara jarayoni ortidan 18 - sentabr kuni Vazirlar kengashining tasdiqi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri qabul qilingan.
Prezident Marcelo Rebelo de Sousa esa avvalroq hukumatning bu qarorini to‘liq qo‘llab -quvvatlashini bildirgan edi.
Bu e’lon Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi oldidan Falastin Davlatini rasman tan olganini e’lon qilishidan bir necha soat o‘tib qayd etildi.
Fransiya, Lyuksemburg va Malta esa kelasi hafta yana BMT Bosh assambleyasi paytida shunga o‘xshash qadamlar tashlashini tasdiqlagan edi.