AQShning oliy darajali rasmiylaridan biri, Hamas, G‘azo kelishuvi boshqacha qilib aytganda otashkesim va halok bo‘lgan mahbuslarning jasadlarini topshirish jarayonida kelishuv qoidalarini buzmagani, buzganligi haqidagi iddaolarga esa ishonmasliklarini qayd etdi.
«Hamasning bugungacha halok bo‘lgan mahbuslarning jasadlari bilan bog‘liq kelishuvni buzganiga ishonmaymiz», - degan amerikalik rasmiy, AQSh G‘azo kelishuvining keyingi bosqichiga o‘tganini bildirdi.
Yuqorida nomi tilga olingan rasmiy, insonparvarlik yordami tinch aholiga samarali yetkazib berilishini ta’minlash uchun BMT bilan ijobiy tusda muzokaralar olib borilgani va G‘azoda tartibni saqlash vazifasi yuklangan barqarorlashtirish kuchini tashkil etish ustida esa kerakli faoliyatlar yuritila boshlangani qayd etildi. Yana uning ta’kidlashicha, G‘azodagi vaziyat ikki yillik urushdan keyin ham zaifligicha qolmoqda.
Rasmiy o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi: «Maqsadimiz G‘azoda qurolsizlanish shartlarini o‘rnatish uchun har ikki tomon bilan ham ishlashni davom ettirishdir. Hozirgi ustuvor vazifalarimiz mojaroni to‘xtatish, insonparvrlik yordamini yetkazib berish va qolgan mahbuslarning jasadlarini olish. Eng muhimi bundan buyon G‘azoda hech kim o‘z uy - joyidan majburan ko‘chirilmaydi».
Axios ma’lumotlariga ko‘ra bu bayonotlar Isroil razvedkasi Vashington bilan Hamas qabul qilganidan ham ko‘p isroillik mahbusning jasadlariga erishish imkoni borligi haqidagi iddaolari ortidan qayd etildi. Ikki nafar isroillik, bir nafari esa amerikalik bo‘lgan rasmiylar Isroilning G‘azo kelishuvining keyingi bosqichga o‘ta olmasligi va Hamas mahbuslarining jasadlarini qutqarish uchun yana - da ko‘proq harakat qilishi kerakligini qayd etdi.
Hamas esa topilgan barcha jasadlarni topshirgani va vayronalar ostida qolganlarni chiqarish uchun maxsus jihozlar kerakligini ta’kidladi.
Hamasning qurolli qanoti Qassam brigadalari, «Qarshilik harakati topilgan tirik yoki o‘lik isroillik mahbuslarning hammasini topshirib, o‘z vazifasini bajardi. Qolgan jasadlar esa keng ko‘lamli sa’y - harakatlar va maxsus jihozlarni talab qiladi. Biz bu ishni tamomlash uchun astoydil harakat qilmoqdamiz», - dedi.
Dahshatli jarayon
Bu bayonotlar AQSh Prezidenti Donald Trampning, Hamas, halok bo‘lgan isroillik mahbuslarning jasadlarini qidirishni davom etayotgani va buni «dahshatli jarayon» deb baholashi ortidan qayd etildi.
Tramp, Hamas, jasadlarni otashkesim kelishuvi doirasida qidirgani; Isroil bombardimonlari oqibatida yiqilgan binolarning vayronalari va G‘azo ostidagi tunnellarda qazish ishlari olib borilganini bildirdi.
Jurnalistlar bilan suhbat qilgan Trump, «Tirik mahbuslarning hammasi qaytdi. Ular bugun yana - da ko‘proq topshirdilar. Bu dahshatli jarayon. Lekin qazishyapdi. Ular haqiqatdan ham qazishmoqda. Ular qazayotgan joylar bor va juda ko‘p jasadlar topildi. Keyin jasadlarni ajratishga to‘g‘ri keladi. Bunga ishonmaysiz. Ba’zilari uzoq vaqtdan beri u yerda, ba’zilari esa vayronalar ostida», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Tramp, Hamasning, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi asosida qurolsizlanishi kerakligini yana bir bor ta’kidlab, «Agar ular buni rad etgudek bo‘lsa unda biz buni qilamiz», - dedi.

















