Eron poytaxti Tehronda Turkiya, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Eron delegatsiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘rt tomonlama yig‘ilishning yakuniy bayonoti e’lon qilindi. Yig‘ilishda mintaqaviy xavfsizlik, Isroilning mintaqadagi faoliyati hamda Falastin va Livandagi vaziyat muhokama qilindi.
Bayonotda to‘rt mintaqa davlati o‘rtasida, jumladan, mintaqada tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muzokaralarni davom ettirishga kelishib olingani qayd etildi.
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi bosh kotibi Muhsin Rizoiy mezbonlik qilgan yig‘ilishda Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston delegatsiyalari ishtirok etdi.
Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham qatnashgan yig‘ilishda Turkiyani MIT rahbari Ibrohim Kalin, Saudiya Arabistonini mudofaa vaziri shahzoda Xolid bin Salmon, Pokistonni esa Bosh shtab boshlig‘i Osim Munir vakillik qildi.
To‘rt tomonlama yig‘ilishda mintaqaviy xavfsizlik, Isroilning mintaqadagi faoliyati hamda Falastin va Livandagi vaziyat muhokama qilindi.





















