YANGI SURIYA
2 daqiqa o'qish
Isroil kuchlari Suriya janubida yana bosqin uyushtirdi
Isroil patruli Qunaytraning shimolidagi Adnaniya hududi orqali qishloq tomonga kirib, Ruvayhina va Mushayrafa qishloqlari orasida harbiy nazorat punkti oʻrnatdi.
Isroil kuchlari Suriya janubida yana bosqin uyushtirdi
_
21 декабр 2025

Mahalliy OAV xabarlariga koʻra Isroil armiyasi yakshanba kuni (21.12.2025) Suriyaning janubidagi Qunaytra qishloq hududlariga yangi bosqin uyushtirdi. Bu holat mamlakat mustaqilligining navbatdagi buzilishi sifatida qayd etildi.

Suriya Arab axborot agentligi (SANA) ma’lumotiga koʻra ikkita harbiy mashinadan iborat Isroil patruli Qunaytraning shimolidagi Adnaniya hududi orqali qishloq tomonga kirib, Ruvayhina va Mushayrafa qishloqlari orasida harbiy nazorat punkti oʻrnatdi.

Isroilning yana bir boʻlinmasi esa janubdagi al - Rofid shaharchasiga kirib, havoga tartibsiz ravishda oʻq uzdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Shu bilan birga, besh harbiy mashinadan iborat patrul Qunaytra qishloq hududining janubida joylashgan Sayda al - Hanout qishlogʻiga kirgani xabar qilindi. Bu borada haligacha Isroil armiyasi ham, Suriya rasmiylari ham hech qanay izoh bermadi.

Soʻnggi haftalarda Isroil kuchlari, ayniqsa Qunaytra viloyati boshchiligida, deyarli har kuni Suriyaning janubiga kirib borish amaliyotlarini amalga oshirmoqda. Hibsga olishlar, nazorat punktlari oʻrnatish va oʻrmonli hududlarni vayron qilish bilan kechayotgan bu harakatlar mintaqa aholisining Isroilga nisbatan tobora kuchayib borayotgan noroziligini qoʻzgʻatmoqda.

Suriya hukumati ma’lumotlariga koʻra 2024 - yilning dekabr oyidan beri Isroil Suriyaga qarshi mingdan ortiq havo hujumlari uyushtirar ekan, janubiy viloyatlarda 400 dan ziyod bosqin qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz:

O‘tgan 2024 - yilning 27 - noyabri kuni to‘qnashuvlar avj olar ekan, 8 - dekabr kuni 61 yillik Baas rejimi quladi. Ko‘p o‘tmay Isroilning Suriya bo‘yicha harbiy hujumlari kuchaya boshladi.

Isroil, rejim kuchlari ortda qoldirgan harbiy infratuzilmani yo‘q qila boshladi va Suriyaga oid Go‘lan tepaligidagi ishg‘olini kengaytirdi.

Isroil kuchlari Go‘lan tepaligi yaqinidagi tampon zonaga kirib borar ekan, ishg‘olni yana - da kengaytirish orqali Damashqdan atigi 25 kilometrlik (15,5 mil) masofaga yaqinlashdi.

Isroil Suriyaga tegishli Go‘lan tepaliklarini 1967 - yildan beri egallab olgan. Isroil bilan Suriya o‘rtasida 1974 - yili imzolangan Kuchlarni ajratish to‘g‘risidagi kelishuv, tampon va qurolsizlantirilgan hududlarning chegaralarini belgilab bergan.