Falastin tarafdori bo‘lgan namoyishchilar seshanba kuni Nyu - Yorkdagi The New York Times gazetasi bosh qarorgohi oldida to‘planib, nashrning Isroilning G‘azodagi genotsid urushi hamda Falastin va Livan hududlarini bosib olishi haqidagi materiallarini norozilik bilan qarshi oldi.
Bino kirish qismida shiorlar aytgan namoyishchilar «New York Times, sen yolg‘onchisan!» deya hayqirib, gazetani tahririyat materiallarida biryoqlama yondashuvda aybladi.
Olomon ko‘targan e’tiborga molik bannerlardan birida «Genotsidni oqlash shu yerda ishlab chiqariladi» - degan yozuv bor edi.
Falastin bayroqlarini ko‘targan va kufiya kiygan namoyishchilar atrofdagilarga varaqalar tarqatdi. Do‘vulchi esa gazetaning jurnalistik faoliyatini tanqid qiluvchi shiorlarga jo‘r bo‘ldi.
Xavfsizlik kuchlari Manxettendagi bino atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘rdi.
The New York Times ushbu norozilik namoyishi yuzasidan jamoatchilikka hech qanday bayonot bermadi.
Isroil 2023 - yilning oktabr oyida G‘azoga qarshi genotsid tusidagi urushni boshladi va G‘arbiy Sohildagi Falastin hududlarini bosib olishda davom etmoqda. Livanda esa Isroil mamlakat janubida bir tomonlama ravishda e’lon qilgan «xavfsizlik zonasi»da o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda. Livan va BMT bu holatni sulh kelishuvini buzuvchi bosqin sifatida baholamoqda.

























