IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
Anqaradagi zavod Turkiyaning mahalliy mudofaa qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqich hisoblangan zamonaviy tanklar va yangi avlod zirhli mashinalarni ishlab chiqaradi.
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
5 сентябр 2025

Turkiya yangi asosiy jangovar tanki «Altay»ni seriyaviy ishlab chiqarilish faoliyatini rasmiy ravishda boshladi. Ushbu ishlab chiqarish ishlari mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchi BMCning Anqaradagi zavodida amalga oshirilmoqda va bu mamlakatning mudofaa sohasidagi maqsadlari yo‘lida muhim shaxdam qadam hisoblanadi.

BMC Boshqaruv kengashi raisi Fuat To‘syali juma kuni mavzu haqida bergan bayonotda, bu loyiha Turkiyaning 100 yillik orzu - umidini amalga oshirganini ta’kidlagan holda: «Fabrikamiz o‘tgan yili asos solinishi ortidan seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshladi. Bu ishlab chiqarish faoliyatlarining Turk Qurolli kuchlari va ittifoqchi davlatlarning mudofaa sanoati ehtiyojlarini qondirishiga ishonchimiz komil», - dedi.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan «Altay» tanki BMCning qanoti sifatida BMC Power tomonidan ishlab chiqarilgan BATU dvigateli bilan ishlamoqda.

Anqaradagi ishlab chiqarish zavodi, korpus yoki gavda ishlab chiqarishdan tortib oxirgi yig‘ish ishlariga qadar barcha bosqichlarni sanoat robotlari va ilg‘or ishlab chiqarish texnikalari yordamida amalga oshirmoqda.

Hech qanday muammo kuzatilmasligi kerak

To‘syali kamida 400, eng ko‘p 1 500 ta ot kuchiga ega bo‘lgan BATU quvvat tizimi foydalanishdan oldin ayrim sinovlarni tamomlashi kerakligini ifoda etdi.

To‘syali: «Quvvat tizimi 10 000 kilometr ishlashi va maxsus ishlash sinovlaridan o‘tishi kerak. Hozircha hech qanday muammo kuzatilmagan va barcha komponentlar, jumladan havo va mudofaa tizimlari tank bilan birgalikda sinovdan o‘tkazilmoqda» - dedi.

«Altay»dan tashqari, yuqorida nomi tilga olingan zavodda BMCning yangi avlod sakkiz qildirakli zirhli jangovar transport vositasi «Altug‘»ni ham ishlab chiqaradi.

Turkiya Mudofaa Sanoati agentligi (SSB) raisi Haluk Go‘rgun loyiha ortidagi hamkorlikni yuqori baholadi va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ushbu jarayonni yaqindan kuzatib borayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Go‘rgun: «O‘tgan yili sinov uchun taqdim etilgan tanklar o‘z qobiliyatlarini to‘liq va muvaffaqiyatli ravishda namoyish eta oldi. Endi fabrikamiz tamomlandi, biz tanklarimizni to‘g‘ridan - to‘g‘ri kuchlarimizga yetkazib beramiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Boxabar bo'ling!
Pokiston Torkham chegara darvozasini takror ochdi
O‘mer Bo‘lat: Turkiya – Suriya tranzit yo‘lagi kelasi yili ochiladi
Yevropa Ittifoqi 2028-yilgacha Rossiyadan gaz importini to‘xtatish rejasi bo'yicha kelishib oldi
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatishini bildirdi
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Xitoy Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga AAA reytingini berdi
Turkiya Zangazur yo‘lagiga ulab strategik temir yo‘li qurish ishlariga kirishdi
Turkiyada elektr transport vositalari  soni bir yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshdi
Mask: xAI Apple kompaniyasini ilovalarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgani uchun sudga beradi
Germaniya Isroilga nisbatan yo‘lga qo‘ygan harbiy eksportini to‘xtatdi
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
Turkiya Ozarbayjondan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlarini boshlaydi
Hindiston AQShga smartfon eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi
Yevropa Ittifoqi va AQSh o'rtasidagi savdo kelishuvi vaqtinchalik barqarorlik keltiradi
Turkiya IDEF -2025 ko‘rgazmasida GAZAP va NEB - 2 bombasini namoyish etdi
Suriya bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida investitsiya forumi oʻz ishini boshladi
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi