DUNYO
1 daqiqa o'qish
Eron Fors ko‘rfazida 4 ta kemaga zarba berilganini ma’lum qildi
Fors ko‘rfazining shimoliy qismida neft yuklarini kemadan kemaga o‘tkazayotgan kemalar bir vaqtning o‘zida nishonga olingani va ular haligacha yonayotganini ma’lum qilindi.
Eron Fors ko‘rfazida 4 ta kemaga zarba berilganini ma’lum qildi
_

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Harbiy - dengiz kuchlari Fors ko‘rfazining shimoliy qismida neft yuklarini kemadan kemaga o‘tkazayotgan to‘rtta kema bir vaqtning o‘zida nishonga olingani va ular haligacha yonayotganini ma’lum qildi.

Inqilob qo‘riqchilari korpusi bayonotida aytilishicha, ruxsat etilmagan yo‘nalishlardan harakatlangan to‘rtta kema neftni bir kemadan ikkinchisiga o‘tkazish vaqtida aniqlangan va bir vaqtda zarbaga uchragan.

Bayonotda, shuningdek, kecha tunda Ho‘rmuz bo‘g‘ozining g‘arbida uchta kema dengiz minalariga urilgani, yong‘in chiqqan kemalar to‘xtatilgani bildirildi.

Inqilob qo‘riqchilari korpusi AQShni kemalarni minalashtirilgan yo‘lakdan o‘tishga undashda ayblab, bu holat dengizdagi avariyalar sonining ortishiga sabab bo‘layotganini ta’kidladi.

Bayonotda AQSh ushbu pozitsiyasini davom ettiradigan bo‘lsa, javob choralarining qamrovi mintaqadagi AQSh harbiy bazalarini ham o‘z ichiga olishi aytilib, Vashington ma’muriyati ogohlantirildi.