SPORT
1 daqiqa o'qish
Milliy terma jamoa kritik bahsga tayyor
Voleybol bo‘yicha milliy terma jamoaning kritik bahsi «TRT 1» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Milliy terma jamoa kritik bahsga tayyor
_

«Sinan Erdem» nomidagi sport saroyida o‘tkaziladigan uchrashuv bugun soat 19:00 da boshlanadi. O‘zbek tiliga o‘girganda «To‘r sultonlari» degan ma’noni anglatuvchi «Filenin Sultanlari» degan nom bilan ham tanilgan Voleybol bo‘yicha Turkiya qizlar milliy terma jamoasining ushbu muhim bahsi «TRT 1» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Mazkur terma jamoa musobaqaning A guruhida Latviya, Polsha, Germaniya, Sloveniya va Vengriya bilan bir guruhdan joy olgan.

Musobaqadagi ilk uchrashuvda milliy terma jamoa Latviyani 25 - 17, 25 - 16 va 25 - 16 hisoblarida 3:0 mag‘lub etdi.

To‘rtta guruhda 6 tadan jamoa qatnashayotgan turnirda o‘z guruhlarida kuchli to‘rtlikdan joy olgan jamoalar nimchorak finalda kuch sinashadi.