Hukumat vakillarining aytishicha Rossiyaning Ukrainaga insonsiz havo transporti va raketa orqali uyushtirgan hujumlari oqibatida olti kishi halok boʻlgan, oʻnlab inson jarohat olgan.
Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Mikola Kalashnik mavzu haqida tunov kuni (14.02.2026) bergan bayonotida, mintaqada oddiy turar - joy punkti nishonga olingan hujumlarda besh kishi halok boʻlgani va toʻrt kishi ogʻir tan jarohati olgani ma’lum qilindi.
Klashnik hujumlar turar joy binolari, ta’lim muassasalari, ishxonalar va nozik infratuzilmani nishonga olganini bildirgan holda 30 ta ziyon koʻrgan obyekt haqida ma’lumot borligini ifoda etdi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev, Sumi, Xarkov, Dnepr va Nikolayev viloyatlarida qutqaruv va tozalash ishlari davom etayotganini bildirdi.
Zelenskiy, «Ruslarning asosiy maqsadi Kiyev viloyatining energetika infratuzilmasi edi ammo afsuski oddiy turar - joy binolari, maktablar va ishxonalarga ham toʻgʻridan - toʻgʻri zarbalar berildi», - dedi.
Ukraina Harbiy Havo - kuchlari ma’lumotiga koʻra Rossiya 430 ta insonsiz havo transporti va 68 ta raketa uchirgan; havo mudofaa tizimlari esa ular orasidan 402 ta insonsiz havo transporti va 68 ta raketani yoʻq qilgan.
Mahalliy yetakchilikning qayd etishicha, kunning ikkinchi yarmida Zaporijye chetidagi turar - joy hududiga qarshi uyushtirilgan rus hujumlarida bir kishi halok boʻlgan; ikki nafari yosh bola, jami oʻn sakkiz kishi esa tan jarohati olgan.
Tinchlik muzokaralari buzildi
Toʻrt yildan koʻp vaqtdan beri davom etgan urushni toʻxtatishni koʻzlagan va AQSh yetakchiligida olib borilgan tinchlik muzokaralari AQSh bilan Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan hujumi ortidan izdan chiqdi.
Zelenskiy juma kuni mavzu haqida bergan bayonotida, Oʻrta Sharqdagi voqealar tufayli AQSh tomonidan Rossiya neftiga nisbatan yoʻlga qoʻyilgan sanksiyalar vaqtincha yengillashtirilgani ammo bu holat Moskvaga urushni moliyalashtirish uchun yangi daromad olib kelishi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirdi.













