DUNYO
1 daqiqa o'qish
1,7 million nafardan ortiq musulmon hoji bo‘ldi
Hozirda muqaddas yerlarida bo‘lgan 1,7 million nafardan ortiq musulmon hoji, haj ibodatini ado etdi.
1,7 million nafardan ortiq musulmon hoji bo‘ldi
_

Arafotda turib duo va ibodatini tamomlashi ortidan avtobuslar orqali Muzdalifaga yo‘l olgan hojilar nomi tilga olingan yerda namoz o‘qib, ortidan shaytonga tosh otish uchun tosh to‘pladi.

Musulmonlar tun yarmidan boshlab guruh - guruh bo‘lib taxminan 3,5 kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tgan holda Jamarotdagi shaytonga tosh otish hududida katta shayton degan nom bilan tanilgan «Aqaba jamrasi»ga 7 ta tosh otdi.

Shaytonga tosh otganidan keyin yana piyoda yurib Kaabaga yetib borgan musulmonlar ziyorat tavofi va sa’y amalini bajarib, ortidan soch oldirib, ehromdan chiqdi.

Shu tariqa o‘z vazifalarini ado etgan musulmonlar hoji bo‘ldilar.

Ehromdan chiqqan ayrim hojilar esa hayit bayrami davomida ziyorat tavofi va sa’y amalini bajaradi.

Xizmatchilar va saxovatpeshalar hojilarga taom tarqatdi

Arafotda turishdan Kaabagacha davom etgan jarayon davomida hojilarga ham xizmatchilar, ham saxovatpesha insonlar tomonidan yo‘l bo‘yi suv, xurmo va oziq - ovqat tarqatildi.

Shu bilan birga, hojilar hayit bayramining ikkinchi va uchinchi kunlarida ham shaytonga tosh otishni davom ettiradi.

Guruh - guruh bo‘lib Jamarot hududiga yetib keladigan hojilar Muzdalifa hududidan to‘plagan yettitadan toshni hayit bayramining ikkinchi va uchinchi kunlarida navbat bilan kichik, o‘rta va katta shaytonga otadi.

Shaytonga tosh otish marosimidan so‘ng Makkadan jo‘nab ketadigan hojilar Kaabaga borib xayrlashuv tavofini ham ado etadi.