DUNYO
1 daqiqa o'qish
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya chegarasiga 960 mingta mina o‘rnatgani da’vo qilindi
Ikki mamlakatni ajratib turuvchi Harbiysizlashtirilgan hudud (DMZ) bo‘ylab 2 milliondan ortiq mina borligi taxmin qilinmoqda.
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya chegarasiga 960 mingta mina o‘rnatgani da’vo qilindi
Ikki davlatni ajratib turuvchi Qurolsizlantirilgan zona (DMZ) bo'ylab 2 milliondan ortiq mina borligi taxmin qilinadi

Shimoliy Koreya 2024-yildan buyon ikki Koreya o‘rtasidagi chegara bo‘ylab taxminan 960 mingta mina o‘rnatgani da’vo qilindi.

Yonhap agentligining Janubiy Koreya deputatlariga tayanib tarqatgan xabarida, Janubiy Koreya armiyasi ushbu masala yuzasidan Milliy majlisga ma’lumot bergani qayd etildi.

Xabarda Shimoliy Koreya 2024-yildan buyon chegara istehkomlarini mustahkamlab kelayotgani ta’kidlanib, Pxenyan ikki Koreya o‘rtasidagi chegara bo‘ylab taxminan 960 mingta mina o‘rnatgani iddao qilindi.

Shuningdek, Janubiy Koreya armiyasi Shimoliy Koreya askarlarining Harbiy demarkatsiya chizig‘i (MDL) bo‘ylab tikanli sim to‘siqlar va minalar o‘rnatish hamda tankka qarshi vositalarni joylashtirish faoliyati kuchayganini aniqlagani aytildi.

Xabarda ayrim harbiy mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ikki mamlakatni ajratib turuvchi Harbiysizlashtirilgan hudud (DMZ) bo‘ylab, Janubiy Koreya o‘rnatgan minalarni ham qo‘shib hisoblaganda, 2 milliondan ortiq mina borligi taxmin qilinayotgani bildirildi.