DUNYO
2 daqiqa o'qish
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi uchun harbiy harakatlarni qo‘llab - quvvatlaydi
Dunyo neft ta’minotining taxminan 20 foizi har kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadi. Bu esa uni global energetika bozori uchun nihoyatda muhim yo‘lga aylantiradi.
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi uchun harbiy harakatlarni qo‘llab - quvvatlaydi
_

Birlashgan Arab Amirliklari dunyodagi eng muhim neft yo‘laklaridan biri bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini kuch ishlatish orqali qayta ochishga qaratilgan AQSh boshchiligidagi tashabbusni qo‘llab - quvvatlashga tayyorlanmoqda.

Wall Street Journalning seshanba kuni arab rasmiylariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, BAA Xavfsizlik kengashi, ehtimoliy harbiy amaliyotga ruxsat beruvchi qarori uchun lobbi faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, BAA ushbu strategik suv yo‘lini himoya qilish uchun AQSh, Yevropa va Osiyodagi ittifoqchi davlatlar bilan koalitsiya tuzishga chaqirmoqda.

Xabarga ko‘ra Abu - Dabi ilk bor mojaroga bevosita aralashishni ko‘rib chiqmoqda hamda minalardan tozalash amaliyotlari kabi o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy harbiy vazifalarni ham baholamoqda.

Wall Street Journal, shuningdek, BAA Tashqi Ishlar vazirligining bayonotini ham e’lon qildi. Unda “Hormuz bo‘g‘ozida navigatsiya erkinligini ta’minlash zarurligi bo‘yicha keng global kelishuv borligi” ta’kidlanib, bu yo‘nalishdagi uzilishlar borasidagi xalqaro xavotirlar qayd etilgan.

Bu qadam AQSh – Isroil – Eron urushi Ko‘rfaz mintaqasida beqarorlikni kuchaytirayotgan bir paytda tashlanmoqda. Eron 2 - mart kuni bo‘g‘ozda harakatlanish cheklovlarini e’lon qilib, muvofiqlashtirilmagan holda o‘tgan kemalarga zarba berilishi mumkinligi haqida ogohlantirganidan beri keskinlik ortib bormoqda.

Dunyo neft ta’minotining taxminan 20 foizi har kuni ushbu tor bo‘g‘oz orqali o‘tadi. Bu esa uni global energetika bozori uchun nihoyatda muhim yo‘lga aylantiradi.

Kuchayib borayotgan beqarorlik neft narxlari bilan birga yuk tashish va sug‘urta xarajatlarining ham oshishiga olib keldi. Inqiroz chuqurlashsa, yana ham ko‘proq iqtisodiy zarba to‘lqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ortmoqda.

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi