DUNYO
1 daqiqa o'qish
Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlayaptimi?
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu rekordlarga boy faoliyatidan so‘ng professional futbolchilik hayotining so‘nggi davriga kirganiga ishora qildi.
Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlayaptimi?
Krishtianu Ronaldu rekordlarga boy faoliyatidan so‘ng professional futbolchilik hayotidagi so‘nggi davriga kirganiga ishora qildi.

“Ballon d’Or” mukofotini besh marta qo‘lga kiritgan 41 yoshli portugaliyalik yulduz turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges bilan nikohdan o‘tganidan keyin “Vogue” jurnaliga intervyu berdi.

“Bu, ehtimol, futbolchilik faoliyatimning so‘nggi yili bo‘ladi. Ortimda ajoyib meros qoldirishni istayman”, — dedi Ronaldu.

Kelajagini to‘liq rejalashtirib qo‘yganini bildirgan futbolchi oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.

Tajribali futbolchi faoliyatini yakunlagach yuzaga keladigan bo‘shliqni turli mashg‘ulotlar bilan to‘ldirishini bildirdi. U sayohat qilish, o‘zi juda qiziqadigan padel sporti bilan shug‘ullanish va 25 yillik fidoyilik evaziga erishgan yutuqlaridan zavqlanishni istayotganini ta’kidladi.

1000 ta gol urish maqsadi

Joriy yozda Portugaliya terma jamoasi safida faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionatida maydonga tushib, gol urish orqali rekord o‘rnatgan Ronaldu hozirga qadar klub va terma jamoadagi faoliyati davomida jami 976 ta gol muallifi bo‘ldi.

“Manchester United”, “Real Madrid” va “Juventus” singari yirik klublar safida to‘p surgan yulduz futbolchi faoliyati davomida 1000 ta gol marrasidan o‘tishni maqsad qilgan.

Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubi bilan tuzgan shartnomasining so‘nggi yiliga kirgan Ronalduning bu mavsumdagi natijalari uning tarixiy maqsadiga erisha olishi yoki olmasligini belgilaydi.