DUNYO
3 daqiqa o'qish
Trump: G‘azoga milliardlab dollarlik yordam beriladi
AQSh Prezidenti Donald Trump Birlashgan Millatlar Tashkilotiga (BMT) a’zo davlatlar rahbarlari va yuqori martabali vakillarini Nyu-Yorkda birlashtirgan BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq so‘zladi.
Trump: G‘azoga milliardlab dollarlik yordam beriladi
AQSH prezidenti Donald Tramp Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 81-Bosh Assambleyasida nutq soʻzlamoqda.

Trump Nyu-Yorkda o‘tkazilayotgan BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida qatnashib, yig‘ilish ishtirokchilariga murojaat qildi.

Nutqining boshida AQSh ichki siyosati va iqtisodiyotiga keng to‘xtalgan Trump, yaqinlashib kelayotgan Kongress oraliq saylovlari oldidan o‘z saylovchilariga murojaat qildi.

AQSh Prezidenti sifatida hozirgacha sakkizta urushni tugatganini ta’kidlagan Trump, Rossiya-Ukraina urushi, Eron bilan urush, G‘azodagi gumanitar inqiroz va boshqa hududlardagi mojarolarni hal etish uchun katta sa’y-harakat qilayotganlarini bildirdi.

Trumpga ko‘ra, Eron bilan kelishuv 3 noyabrdagi saylovlardan keyin bo‘ladi

Eron masalasida avvalgi bayonotlarini asosan takrorlagan Trump: “3 noyabrdagi saylovlardan darhol keyin Eron bilan kelishuvga erishishimizga ishonaman, chunki ularning buni qilmasligi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”, dedi.

Trumpning ta’kidlashicha, Eron uning saylovlardan qanday natija bilan chiqishini kutmoqda. U saylovda o‘zi qatnashmasligini, faqat Respublikachilar partiyasi kurash olib borishini aytdi.

AQSh Prezidenti Eron bilan kelishuvga erishish yoki Eronni “yo‘q qilish” bo‘yicha qaror qabul qilish bosqichida ekanini ta’kidladi.

Trump Eron bilan yuzaga kelgan inqiroz “u yoki bu yo‘l bilan” hal qilinishi kerakligini aytib, bu masala “tez” hal etilishi zarurligini bildirdi.

“G‘azoga milliardlab dollarlik yordam beriladi”

Trump Turkiyaning G‘azo uchun qo‘shgan hissasiga to‘xtalib, yig‘ilgan mablag‘lar vaqti kelganda G‘azoni qayta qurish uchun sarflanishini va davlatlar juda saxiylik ko‘rsatganini aytdi.

“G‘azo Tinchlik kengashiga a’zo davlatlarning yordam ishlariga qo‘shgan milliardlab dollarlik hissasi uchun minnatdormiz. Bu mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri G‘azoni qayta qurish va yordam ishlariga yo‘naltirilmoqda. Marokash, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar o‘z hissasini qo‘shdi. Bu davlatlar nihoyatda saxiylik ko‘rsatdi”, dedi Trump.

Lavozimga kirishganidan beri sakkizta urushni tugatganidan faxrlanishini ta’kidlagan Trump, kelayotgan mablag‘lar zarur joylarga yo‘naltirilayotganini, odamlar insonparvarlik yordami to‘g‘ri amalga oshirilishini istayotganini va G‘azoga milliardlab dollarlik yordam oqib borishini bildirdi.

“Rossiya-Ukraina masalasini hal qilamiz”

AQSh Prezidenti Trump Rossiya-Ukraina urushini tugatish uchun ham katta sa’y-harakat qilayotganlarini va urushning to‘xtashini istashlarini aytdi.

“Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan juda yaqin hamkorlik qilmoqdamiz va bu masalani hal qilamiz”, dedi Trump.

“Kubada hukumat qulaydi”

AQShning Lotin Amerikasi bo‘yicha ham jiddiy faoliyat olib borayotganini aytgan Trump, Kuba hukumatini juda muvaffaqiyatsiz deb baholadi.

“Kommunistik rejim katta bosim ostida bo‘lgan Kubadagi vaziyatni ham tubdan o‘zgartirishni maqsad qilganmiz. Kuba muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat. Kuba qulamoqda va qulaydi”, dedi Trump.

AQSh Prezidentining bu so‘zlari paytida zalda bo‘lgan Kuba delegatsiyasi o‘rnidan turib, Trumpga norozilik sifatida zalni tark etdi. Bu holat kameralarga tushdi.

AQSh Grenlandiyada 2 ta harbiy baza quradi

Trump Daniya va Grenlandiya bilan tuzilgan kelishuv doirasida Grenlandiyada AQShning harbiy mavjudligi bo‘lishini va bu mamlakat xavfsizligi uchun muhim ekanini bildirdi.

AQSh Prezidenti Trump: “Grenlandiyaning tegishli hududlarida keng ko‘lamli harbiy mavjudlikni yaratish jarayonini darhol boshlaymiz. U yerda ikkita juda katta harbiy baza quramiz”, dedi.