Turkiya Eksportchilar Majlisi (TİM) ma’lumotlari asosida tayyorlangan hisobotga ko‘ra, yilning dastlabki 4 oyida eksport qilingan 172 million 946 ming kvadrat metr gilamdan 871 million 732 ming dollar daromad olindi.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport qiymati 2,1 foizga, hajmi esa 2 foizga kamaydi.
Eng ko‘p eksport AQShga amalga oshirildi va bu mamlakatga 250 million 298 ming dollarlik gilam yetkazib berildi. Undan keyingi o‘rinlarda 120 million 951 ming dollar bilan Saudiya Arabistoni hamda 68 million 400 ming dollar bilan Buyuk Britaniya qayd etildi





















