DUNYO
1 daqiqa o'qish
Janubiy Koreyada avtobus 32 ta transport vositasiga urilib, 48 kishi jarohatlandi
Haydovchi politsiyaga tormozlar ishlamaganini aytdi.
Janubiy Koreyada avtobus 32 ta transport vositasiga urilib, 48 kishi jarohatlandi
A damaged bus is seen after it collided in Seongnam, South Korea, on November 11 2026.

Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, poytaxt Seul janubidagi Songnam shahrida yoshi 60 dan oshgan haydovchi boshqaruvidagi avtobus mahalliy vaqt bilan soat 07:30 atrofida bir kichik yuk mashinasi, 4 ta avtobus va 27 ta yengil avtomobilga urilgan.

Avtobus yo‘l to‘sig‘iga urilib to‘xtagan. Hodisada kamida 48 kishi jarohatlangan.

Mast bo‘lmagani aniqlangan haydovchi politsiyaga tormozlar ishlamaganini aytgani bildirildi.

Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.