Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Rustam Umarov Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxti Abu-Dabida AQSh va Yevropa vakillari bilan Ukraina masalasida muzokaralar boshlanganini ma'lum qildi.
Rustam Umarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2022-yil fevral oyidan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushini tugatishga qaratilgan sa'y-harakatlar doirasida Abu-Dabida Ukraina bo‘yicha muzokaralar boshlanganini ta'kidladi.
Abu-Dabida bugun AQSh, Rossiya va Ukraina ishtirokida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazilishini eslatib o‘tgan Umerov quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ilk uchrashuv Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, NATO va Yevropa komissiyasi vakillari bilan o‘tkaziladi. Uchrashuvda AQShning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner ham ishtirok etadi. Muzokaralarning navbatdagi bosqichiga o‘tishdan oldin pozitsiyalarimizni solishtirib, qadamlarimizni muvofiqlashtiramiz. Shundan so‘ng Ukraina, AQSh va Rossiya ishtirokida uch tomonlama formatda muzokaralar bo‘lib o‘tadi."
Umarov o‘z bayonotida: "Ustuvor vazifalarimiz qatoriga to‘qnashuvlarni to‘xtatish, urushdan keyingi xavfsizlik kafolatlarini ta'minlash, Ukrainaning iqtisodiy tiklanishi va rivojlanishi hamda insonparvarlik qadamlari kiradi", — dedi.























