Turk xavfsizlik rasmiylari So‘mali poytaxti Mogadishu va uning atrofida hujumlar kuchaygan bir davrda, Turkiya mamlakatning terrorizmga qarshi kurashini qo‘llab -quvvatlash doirasida Somalidagi havo va quruqlik kuchlarini kengaytirib, harbiy o‘rnini mustahkamlaganini ma’lum qildi.
Turk xavfsizlik rasmiylari payshanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida, So‘mali –Turkiya Ishchi guruhi hamda Turkiya Harbiy - havo qo‘mondonligi harbiy yordam, ta’lim va maslahat faoliyatlari orqali So‘malining terrorizmga qarshi kurash salohiyatini kuchaytirishda davom etayotganini bildirdi.
Rasmiylar So‘malidagi Turkiya Harbiy - havo kuchlari qo‘mondonligi kuchaytirilgani va yangi kuchlar terrorizmga qarshi kurashlarni qo‘llab - quvvatlashini ma’lum qildi.
So‘malining ash - Shabobga qarshi kurashi
So‘mali o‘n yildan ortiq vaqtdan beri “al - Qoida” bilan aloqador ash-Shabob terror tashkilotiga qarshi kurash olib bormoqda.
Tashkilot so‘malilik kuchlar, Afrika Ittifoqi qo‘shinlari va xalqaro hamkorlarning harbiy bosimiga qaramay, ayniqsa Mogadishu va uning atrofida portlashlar, suiqasdlar va murakkab hujumlarni davom ettirmoqda.
So‘mali rasmiylari mamlakat bo‘ylab amaliyotlar olib borar ekan ash - Shabob so‘nggi oylarda davlat muassasalari, xavfsizlik kuchlari va ommaviy yig‘ilish joylariga qarshi uyushtirgan hujumlarini kuchaytirib, xavfsizlikdagi bo‘shliqlardan foydalanayotganini yaqqol namoyon etdi.
Turkiyaning doimiy qo‘llab - quvvatlashi
Turkiya Mogadishuda yirik harbiy tayyorgarlik bazasini boshqarib, So‘mali Milliy armiyasiga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatib, mamlakatning eng yaqin xavfsizlik hamkorlaridan biriga aylandi.
Minglab so‘malilik askarlar turk instruktorlari tomonidan tayyorlandi, Turkiya esa uskunalar, texnik yordam va amaliyotlar ustidan maslahatlar berdi.
Turk rasmiylari maqsad So‘malining uzoq muddatli barqarorligini saqlash, xorijiy kuchlarga qaramlikni kamaytirish va o‘ziga yetarli xavfsizlik tizimini shakllantirishga ko‘maklashish ekanini bildirdi.
So‘mali rasmiylari ash - Shabobga qarshi erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va tashkilotning yana hudud egallashining oldini olishga intilayotgan bir paytda Turkiya yuborgan so‘nggi qo‘shimcha kuchlar ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish niyatini o‘rtaga qo‘ydi.


















