Istanbulda «15 - iyul Demokratiya va milliy birlik kuni»ning 10 - yilligi munosabati bilan tashkil etilgan «Iroda bizniki, g‘alaba bizniki» degan nom ostida yurish uyushtirildi.
Bundan o‘n yil muqaddam, 2016 - yilning 15 - iyuli kuni Fetullahchi terror tashkiloti FETO tomonidan uyushtirilgan xoin davlat to‘ntarishi tashabbusiga qarshi ko‘rsatilgan qarshilikning ramziy maskanlaridan biri bo‘lgan 15 - iyul shahidlari ko‘prigi bu yil ham minglab vatandoshni bir joyda jamu - jam qildi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan «Iroda bizniki, g‘alaba bizniki» degan nom ostidagi «Demokratiya va shahidlarni xotirlash yurishi» Turkiya vaqti bilan kecha (15.07.2026) soat 10:00 da boshlandi. Qo‘llarida Turkiya bayroqlarini ko‘targan minglab ishtirokchi 15 - iyul shahidlari ko‘prigidagi qariyb 4 kilometrlik yo‘nalish bo‘ylab yurib, tadbirni 15 - iyul shahidlari yodgorligida yakunladilar.






















