Berlinda 20 ming nafardan ortiq inson Isroilning G‘azodagi genotsidiga qarshi norozichilik namoyishi uyushtirdi.
«G‘azodagi genotsidni to‘xtating!» - degan shiorlar bilan kecha (13.09.2025) uyushtirilgan namoyishda, Isroilning Falastindagi shafqatsiz harbiy hujumiga keskin norozichilik bildirildi.
«Pink Floyd» guruhining sobiq solisti Rojer Uoters, namoyishda ishtirok etganlarga yuborgan videolavhada, «Biz bugun bu yerda Falastindagi birodarlarimizni qo‘llab - quvvatlash uchun yig‘ildik. Dunyoning to‘rt burchagidagi insonlarning ko‘pchiligi, Isroil qo‘l urgan va so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan darajadagi G‘azo va bosib olingan Falastinning boshqa tuproqlaridagi jinoyatini bas qilishini talab qilmoqda», - dedi.
Isroilning genotsid urushi
2023 -yilning oktabr oyidan beri Isroilning G‘azo qarshi uyushtirgan genotsid urushida falastinlik kamida 64 ming 803 kishi halok bo‘ldi.
So‘l qanot ko‘z qarashdagi populistik BSW partiyasi rahbari Saxra Vagenknext Germaniyaning natsistlar o‘tmishidan yo‘lga chiqan holda, genotsidga qo‘l urgan o‘ta o‘ng qanot ko‘z qarashdagi (Isroil) hukumatni har qanday sharoitda qo‘llab - quvvatlamaslik kerakligini ta’kidladi.
Aksincha, to‘g‘ri saboq olish insonga o‘z ovozini chiqara olish imkoni berishini ifoda etgan Vagenknext Germaniya shunchaki tomoshabin emas, balki «sherik» ham ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi. U shuningdek, mamlakat kansleri Fridrix Merz Isroilga qurol jo‘natish orqali xalqaro huquqni «poymol» qilganini ta’kidladi.
Falastin bayroqlarini hilpiratgan namoyishchilar Germaniyadan Isroilga qurol yetkazib berish ishlari to‘xtatilishini ham alohida talab qildilar.