TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Gʻazodagi koʻp millatli maxsus guruhda ishtirok etishga tayyor
Mudofaa vaziri Yashar Guler, Anqara, Gʻazodagi koʻp millatli maxsus guruhda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Turkiya Gʻazodagi koʻp millatli maxsus guruhda ishtirok etishga tayyor
Turkiya Mudofaa vaziri Yashar Guler.
16 октябр 2025

Turkiya Mudofaa vaziri Yashar Guler Turkiyaning Yevropa boshchiligidagi mudofaa tashabbuslarida, xususan Yevropa uchun Xavfsizlik Harakat Dasturi (SAFE)dagi ishtiroki, global va mintaqaviy xavfsizlik jihatidan muhim ekanini bildirdi.

Yashar Guler Bryusselda uyushtirilgan NATO tarkibidagi davlatlarning Mudofaa vazirlari yigʻilishi va Ukraina Mudofaa aloqa guruhi sammiti ortidan bugun (16.10.2025) bergan bayonotida Turkiya NATO amaliyotlariga ijobiy hissa qo‘shgan ilk besh davlatdan biri ekanini qayd etdi.

Mudofaa vaziri, shuningdek, Anqara qurolli kuchlarini ilgʻor tizimlar bilan modernizatsiya qilish va NATOning 5 foizlik mudofaa sarmoyasi rejasiga erishish majburiyatini yana bir bor ta’kidlar ekan: «Ukrainaga ikki tomonli va NATO doirasida qoʻshgan ijobiy tusdagi hissamiz, otashkesim va tinchlikka erishishni ko‘zlagan diplomatik saʼy - harakatlarni qoʻllab - quvvatlashimizning qay darajada ahamiyatli ekanini taʼkidladik», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya Gʻazodagi koʻp millatli maxsus guruhda ishtirok etishga tayyor

Mudofaa vaziri Guler, Gʻazoda joriy qilingan oʻt ochishni toʻxtatishdan mamnunligini bildirgan holda faqat bu holat muammoni ikki davlat asosida hal qilishning boshlang‘ichi boʻlishi mumkinligini ifoda etdi.

Oʻt ochishni toʻxtatishning toʻliq tatbiq etilishi zarurligiga ham e’tibor qaratgan Guler, uzluksiz insonparvarlik yordamlarining ahamiyatiga ham toʻxtalgan holda, Turkiya bu boradagi yordamini davom ettirishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Guler, shuningdek, shunday missiya tashkil etilgudek bo‘lsa unda Turk Qurolli kuchlari Gʻazodagi koʻp millatli maxsus guruhda ishtirok etishga tayyorligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Isroil bilan Hamas AQSh Prezidenti Donald Tramp boshchiligida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvga erishdi.

Tel – Aviv, ikki yildan ortiq vaqtdan beri G‘azoda genotsid uyushtirmoqda. Oqibatida bugungacha falastinlik 60 ming nafardan ortiq inson umriga zomin bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi ayollar va yosh bolalardan iborat.

Turkiya; AQSh, Misr va Qatar bilan birgalikda otashkesim qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish vazifasi yuklangan kafil davlatlardan biridir.

Yetmish yildan ortiq vaqtdan beri NATO tarkibida bo‘lib kelgan Turkiya, mintaqaviy va Yevropa xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻz milliy pozitsiyasini ittifoqdoshlari bilan baham koʻrishini bildirdi.

Turkiya, shuningdek, koʻp millatli harbiy mashq talablariga munosib iqtisodiy jihatdan samarali javob berishni maqsad qilgan Taqsimlangan Sintetik Ta’lim Yuqori Koʻrinish Loyihasi (HVP) uchun oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

 

Boxabar bo'ling!
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Finlandiyaga tashrif buyurdi
Turkiyaning mudofaa eksporti 31 foizga o'sib, 6,7 milliard dollarni tashkil qildi
Turkiya noyabrda Suriya bilan tranzit savdoni yo‘lga qo‘yadi
Turkiya Yevropa bilan mudofaa loyihalari bo'yicha  hamkorlikni kuchaytiradi
Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashining G'azoga qo'shin yuborish qaroriga muvofiq harakat qiladi
Erdo‘g‘an musulmon davlatlarni Sudandagi qirg'inni to'xtatishga chaqirdi
Tomas Greminger: Turkiya va boshqa o‘rta davlatlar adolatliroq global tartibga yordam berishi mumkin
Fidan: «PKKning mintaqadagi faoliyatini to‘xtatishi, barqarorlik uchun muhimdir» - dedi.