TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Hakan Fidan Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori ekanini ifoda etar ekan, ayni vaqtda, mintaqaga kirib borgan insonparvarlik yordamlarining yetarli emasligini qayd etdi.
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
_
6 ноябр 2025

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan G‘azodagi otashkesim davom etishi tarafdori ekanliklari ammo qamal ostidagi mintaqaga kirib borgan insonparvarlik yordamlarining yetarli emasligini qayd etdi.

Chorshanba kuni (05.11.2025) Xelsinkida Finlyandiya Tashqi Ishlar vaziri Elina Valtonen bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Hakan Fidan, otashkesim e’lon qilinganidan beri Isroil hujumlari oqibatida falastinlik qariyb 250 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Hakan Fidan: «Biz barcha qiyinchiliklarga qaramay otashkesim davom etishini, keyingi bosqichga o‘tishi va xalqaro hamjamiyat bu borada o‘z hissasini qo‘shishini kutamiz», - dedi.

Fidanning ta’kidlashicha, Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida tinchlik sa’y - harakatlarini ilgari surish va G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berilishini ta’minlash uchun faol ish olib bormoqda.

Tashqi ishlar vaziri: «Tinchlik rejasini qanday amalga oshirish bo‘yicha qizg‘in muzokaralar va muhokamalar davom etmoqda. Insoniy yordam oqimi yetarli emas va bu borada turli shikoyatlar bor. Shunday ekan yordamni yana da samarali yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha sa’y - harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz», - dedi.

Fidan so‘zlari davomida, Finlandiyaning ikki davlat asosidagi yechim yo‘llari va otashkesim yoki sulh jarayonini rasmiy ravishda qo‘llab - quvvatlashi hamda insoniy yordamga hissa qo‘shishga tayyorligini yuqori baholadi.

Hakan Fidan: «Ma'lumki, hozirda 150 dan ortiq davlat Falastinni davlat sifatida tan olmoqda. Ishonchim komilki, Finlandiyaning o‘ziga yarasha sabablari va ichki siyosiy dinamikasi bor», - dedi.

Yevropa xavfsizligi uchun harakatlar

Fidan Turkiyaning Yevropa ittifoqi mudofaa mexanizmi tarkibiga kirish maqsadini ta’kidlagan holda, mamlakatning Yevropa ittifoqi xavfsizligi uchun muhim davlat ekanini qayd etdi.

Turkiya, Yevropa mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan 150 milliard yevrolik Yevropa uchun xavfsizlik harakati (SAFE) mexanizmining bir qismi bo‘lishni istaydi.

Fidan Xelsinkida finlandiyalik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkiyaning bu boradagi pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi.

Tashqi Ishlar vaziri jurnalistlarga: «Turkiya Yevropa xavfsizligiga muhim hissa qo‘shadigan NATO ittifoqchisidir. Shu nuqtai nazardan, Turkiyaning Yevropa xavfsizlik harakati dasturi mexanizmi bosh bo‘lish bilan birga Yevropa ittifoqi mudofaa va xavfsizlik tashabbuslariga kiritilishi muhimdir», - dedi.

Turkiya texnik jihatdan SAFE tashabbusiga kirish huquqiga ega bo‘lishiga qaramay buning uchun Yevropa ittifoqining 27 ta a’zosining roziligi talab qilinadi va Gretsiya uni bloklash bilan tahdid qilinmoqda.

Finlandiya Tashqi Ishlar vaziri Elina Valtonen Turkiyaning mudofaa mexanizmidagi ishtirokini qollab - quvvatlagan holda mavzu haqida shunday dedi: «Albatta bu borada Turkiya ham teng huquqqa ega va mudofaa sanoati hamkorligida ishtirok etish imkoniyatiga bor. Eng muhimi hozirda biznnig bunga ehtiyojimiz bor», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 

 

 

 

 

Boxabar bo'ling!
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Finlandiyaga tashrif buyurdi
Turkiyaning mudofaa eksporti 31 foizga o'sib, 6,7 milliard dollarni tashkil qildi
Turkiya noyabrda Suriya bilan tranzit savdoni yo‘lga qo‘yadi
Turkiya Yevropa bilan mudofaa loyihalari bo'yicha  hamkorlikni kuchaytiradi
Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashining G'azoga qo'shin yuborish qaroriga muvofiq harakat qiladi
Erdo‘g‘an musulmon davlatlarni Sudandagi qirg'inni to'xtatishga chaqirdi
Tomas Greminger: Turkiya va boshqa o‘rta davlatlar adolatliroq global tartibga yordam berishi mumkin
Fidan: «PKKning mintaqadagi faoliyatini to‘xtatishi, barqarorlik uchun muhimdir» - dedi.
Fidon: Global tizim islohatsiz yashay olmaydi — BMT “legitimlik inqirozi”da