AQSh Prezidenti Donald Tramp Anqarada yakunlangan NATO sammiti natijalarini sharhlar ekan, alyans «katta qadam tashlaganini» ta’kidlab, a’zo davlatlarning «muayyan murosalarga erishganini» qayd etdi.
«Air Force One» samolyotida jurnalistlar bilan suhbatlashgan Tramp NATO sammitini «juda samarali» deb baholadi.
«Biz juda yaxshi bir-ikki kun o‘tkazdik va ko‘plab masalalar o‘z yechimini topdi», — dedi u va qo‘shimcha qildi: «NATO aslida ajoyib ish bajardi. Unda juda muhim natijalar bor».
Ikki tomonlama kelishuvlar
Tramp Anqaradagi uchrashuv «ko‘plab muammolarni hal qilganini» ta’kidladi. «Bu juda samarali uchrashuv bo‘ldi. Odamlar AQShga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘linganini tushunib yetishmoqda», — deya ta’kidladi AQSh rahbari.
U mavjud qiyinchiliklarga qaramay, «Ispaniya bugun to‘liq safga qaytdi va juda saxiylik ko‘rsatdi. Men ularga agar shartlar bajarilmasa, savdo aloqalarini to‘xtatishimni aytdim. Ular to‘lovlar bo‘yicha talabimizni qabul qilishdi».
Prezident shuningdek: «Avvallari ularning munosabati juda salbiy edi, ammo bugun xonada katta birlik borligini his qildim», — dedi.
Shuningdek, Tramp AQSh Turkiya bilan «ko‘plab foydali savdo bitimlarini» amalga oshirganini qayd etib, Anqaraning «juda yaxshi hamkor ekanini» alohida ta’kidladi.























