DUNYO
1 daqiqa o'qish
BMT AQShning Venesueladagi sa'y - harakatidan xavotirda ekanini bildirdi
BMT Inson huquqlari bo‘yicha idorasi Matbuot xizmati kotibi Ravina Shamdasaniy bugun Jenevada jurnalistlarga bergan bayonotida Venesueladagi oxirgi vaziyatga to‘xtaldi.
BMT AQShning Venesueladagi sa'y - harakatidan xavotirda ekanini bildirdi
_
6 январ 2026

Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQShning Venesuela ishlariga aralashuvi yuzasidan chuqur tashvishda ekanini bildirdi va bu aralashuv xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan birini ochiqchasiga “poymol qilayotgani” haqida ogohlantirdi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha idorasi Matbuot xizmati kotibi Ravina Shamdasaniy bugun (06.01.2026) Jenevada jurnalistlarga bergan bayonotida mavzu haqida shunday dedi:
“Hech bir davlat boshqa bir davlatning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga tahdid solmasligi, yoxud kuch ishlatmasligi lozim”.

Bu bayonot Venesuela Prezidenti Nikolás Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores shanba kuni (03.01.2026) tong saharda jangovar samolyotlar qo‘llab - quvvatlagan havo hujumlari hamda kuchli dengiz kuchlari joylashtirilishi hamrogligida AQSh maxsus bo‘linmalari tomonidan olib ketilishi ortidan qayd etildi.

Shamdasaniy Venesuela hukumatining “uzoq yillardan buyon davom etayotgan dahshatli inson huquqlari buzilishlari” bosqinga asos sifatida ko‘rsatilishi qabul qilib bo‘lmaydigan darajada noto‘g‘ri holat ekanini qayd etdi.

BMT vakili: “Inson huquqlari buzilishlari uchun javobgarlikni harbiy kuch ishlatish orqali emas, qonuniy yo‘llar bilan ta’minlash kerak”, - dedi.

So‘nggi o‘n yil davomida Venesueladagi vaziyat “izchil ravishda yomonlashib borayotgani” haqida muntazam hisobotlar taqdim etib kelinayotganini yodga solgan Ravina Shamdasaniy, “AQSh aralashuvi oqibatida yuzaga kelgan hozirgi beqarorlik va mamlakatning yanada harbiylashtirilishi vaziyatni yanada og‘irlashtirishidan xavotirdamiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Boxabar bo'ling!
Erondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni ortdi
Indoneziyadagi sel falokati kamida 16 kishining o‘limiga yo‘l ochdi
Shveytsariyalik rasmiylar yong‘indan oldin tekshiruvlar o‘tkazilmaganini tan oldi
Eron Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan bir kishini o‘lim jaziga tortdi
Suriyaning Halab aeroportidagi parvozlar to'xtatildi
Livan Prezidenti: Isroilning Livanga qarshi hujumlari jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda
Meksika Prezidenti Venesueladagi AQSh harbiy aralashuvini qoraladi
Xitoy Irlandiya orqali Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni chuqurlashtirishni ko‘zlamoqda
Tokiodagi auksionda 243 kilogrammli ko‘k suzgichli orkinos 3,2 million dollarga sotildi
Yaponiya–Xitoy tarangligi fonida Tokio muloqotga chaqirdi
Ukraina Moskvaga qarshi har kuni hujum uyushtirgani aytilmoqda
Venezuelaning prezident saroyi yaqinida o‘q va portlash ovozlari eshitildi
Yaponiyaning g'arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi
Venesueladagi AQSh amaliyotidan so‘ng YI davlatlari xalqaro huquqqa chaqirdi
Gavana: AQShning Venesuelaga aralashuvi chog‘ida 32 nafar kubalik jangchi halok bo‘ldi
Kolombiya Prezidenti Petro Trampga javob berdi: “Meni badnom qilishni bas qiling”
Venesuela muvaqqat prezidenti Maduroning qo‘lga olinishi ortidan AQShni hamkorlikka chaqirdi
Xitoy "dunyoning sudyasi" sifatida harakat qilayotgan davlatlarga rozi bo'lmaydi, deb aytdi, AQSh Maduroni qamab olganidan so'ng
Maduro tarafdorlari Karakasda “Prezidentimizni ozod qiling” deb miting o'tkazdi
Erondagi namoyishlar paytida kamida 16 kishi halok bo‘ldi