IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Turk savdogarlar 4 oyda 872 million dollarlik gilam sotdi
Turk savdogarlar joriy yilning yanvar oyidan aprel oyigacha 872 million 731 ming dollarlik gilam sotdi.
Turk savdogarlar 4 oyda 872 million dollarlik gilam sotdi
_

Turkiya gilam sanoati 2026 - yilning yanvar – aprel oylarida 871 million 732 ming dollarlik eksportni amalga oshirdi.

Anado‘lu axborot agentligi (AA) tomonidan Turkiya Eksportchilar majlisi ma’lumotlari asosida tayyorlangan hisobotga ko‘ra, yilning dastlabki to‘rt oyida eksport qilingan 172 million 946 ming kvadrat metr gilamdan 871 million 732 ming dollar daromad olindi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport qiymati 2,1 foizga, hajmi esa 2 foizga kamaydi.

Eng ko‘p eksport AQShga amalga oshirilib, uning qiymati 250 million 298 ming dollarni tashkil etdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoniga 120 million 951 ming dollarlik, Buyuk Britaniyaga esa 68 million 400 ming dollarlik gilam eksport qilindi.

Yil yakuni uchun maqsad — 3,5 milliard dollar

Turkiya Eksportchilar majlisi Gilam sanoati kengashi raisi Iskender Kaplan, Turkiya gilam ishlab chiqarish bo‘yicha eng kuchli tarmoqlardan biriga ega ekanini ta’kidladi.

Mavzu haqida: «Har kuni yangi moda, yangi dizayn, ilmiy - tadqiqot ishlari va innovatsiyalar asosida faoliyat yuritib, savdo hajmimizni oshirib bormoqdamiz. Albatta, dunyodagi urushlar bizga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Yaqin Sharq bizning eng yirik bozorlarimizdan biri bo‘lgani sababli, Eron bilan bog‘liq urush tufayli ta’minot va logistika masalalarida ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Biroq bu muammolar vaqt o‘tishi bilan bartaraf etilishiga ishonaman» — dedi Kaplan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil eksport bo‘yicha maqsadlar yanada oshirilgan.

«O‘tgan yilni 2,8 milliard dollarlik eksport bilan yakunlagan edik. Joriy yil uchun maqsadimiz esa taxminan 3,5 milliard dollarni tashkil etadi» - dedi u.