Isroil dushanba kuni Eronga qarshi yangi hujumlar to‘lqinini boshlab, Tehrondan yangi qo‘rqitishlar kelishiga sabab bo‘ldi va so‘nggi o‘n yilliklarning eng og‘ir dunyo energiya tangligiga yo‘l ochgan urushni kuchaytirdi. Tehronda portlash ovozlari ko‘tarilgan bir vaqtda, to‘qnashuvning hamma yoqqa yoyilishi bilan birga Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari o‘zlariga yo‘naltirilgan raketa hamda uchuvchisiz ucharlarni yo‘q qilganliklarini bildirdi.
Dunyo energiya boshqarmasi boshlig‘i Fatih Birolning bildirishicha, urushning to‘rtinchi haftasiga kirilishi bilan neft va tabiiy gaz chiqaruvchi o‘lkalardagi kamida 40 ta energiya qurilmasi "og‘ir yoki juda og‘ir" darajada zarar ko‘rgan. Eron ushbu hujumlarga Isroilni, Ko‘rfazdagi energiya konlarini va hatto AQShning diplomatik ishxonalarini nishonga olgan raketa hamda dron zarbalari bilan javob qaytardi; shuningdek, dunyo neft ta’minotining qariyb beshdan biri o‘tadigan muhim Hormuz bo‘g‘ozidagi qatnovni ham to‘xtash darajasiga keltirdi.
Neft shoki va ortib borayotgan qo‘rqitishlar
Neft narxining barreli 100 dollardan oshishi bilan birga AQSh boshlig‘i Donald Trump Eronga, 48 soat ichida bo‘g‘ozni qayta ochmasa, energiya qurilmalarining yo‘q qilinishiga duch kelishi haqida keskin bildirish berdi. Tehron esa ushbu qo‘rqitishga qarshi turish bilan javob qaytardi. Kengash boshlig‘i Muhammad Boqir Qolibof, Vashington o‘z qo‘rqitishini amalga oshiradigan bo‘lsa, hamma yoq bo‘ylab barcha muhim qurilmalar nishonga aylanishi haqida ogohlantirdi.
Fatih Biro’l tanglik hozirning o‘zida dunyo bozorlaridan kunlik qariyb 11 million bochka neftni chiqarib tashlaganini va bu yo‘qotish 1970-yillardagi neft shoklarida ko‘rilgan darajadan ham oshib ketganini ta’kidladi. Tanglikni to‘xtatish uchun zudlik bilan dunyo miqyosida hamkorlikka chaqirgan Biro'l: "Hech bir o‘lka bundan chetda qolmaydi", deb ogohlantirdi.

















