IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishlar qayta boshlandi
Kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishlari XDT rejalari doirasida qayta boshlandi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tishlar qayta boshlandi
_

Xalqaro Dengizchilik Tashkiloti (XDT) chorshanba kuni kemalar reja doirasida harakatlana boshlaganini ma’lum qildi. Biroq tashkilot bo‘g‘ozdan o‘tgan kemalar haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Seshanba kuni berilgan bayonotda bir necha oy davomida ishlab chiqilgan ushbu tashabbus Fors ko‘rfazida qolib ketgan qariyb 11 ming nafar dengizchini tashiyotgan yuzlab kemaning Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanishiga imkon yaratishi ta’kidlandi.

LSEGning kemalarni kuzatish ma’lumotlariga ko‘ra chorshanba kuni so‘nggi 12 soat ichida kamida ikkita quruq yuk tashuvchi kema va bitta yuk kemasi mazkur reja asosida Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tgan.

Reuters agentligi tomonidan kemalar harakatini tahlil qilish asosida tayyorlangan LSEG va MarineTraffic kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra yana kamida 35 ta tijorat kemasi — asosan quruq yuk, yuk tashuvchi va konteyner kemalari — bo‘g‘ozdan o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kutib turgan kemalar tahliliga ko‘ra ular orasida beshta kichik neft tankeri, qirgoqboyi kemalari va buksirlar kabi kichikroq tijorat kemalari ham bor.

AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha asosiy kelishuvga erishganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkinligi aytilgan ushbu reja doirasida kemalar ikki yo‘nalishdan foydalanishi mumkin bo‘ladi: biri Eron hududiy suvlari orqali o‘tuvchi shimoliy yo‘nalish, ikkinchisi esa Ummon Sultonligi va AQSh muvofiqlashtirayotgan suv hududlari orqali o‘tuvchi janubiy yo‘nalishdir.