TURKIYA
1 daqiqa o'qish
MITning Damashqdagi operatsiya natijasida sabotaj guruhi yo‘q qilindi
Turkiya Milliy Razvedka Tashkilotining (MIT) razvedka ishlari natijasida DEAShga tegishli maxfiy yacheyka aniqlandi.
MITning  Damashqdagi operatsiya natijasida  sabotaj guruhi yo‘q qilindi
Headquarters of Turkish National Intelligence Organization (MIT) in Etimesgut district of Ankara, Türkiye. / AA
5 соат олдин

Suriyaning poytaxti Damashqda sabotaj harakatlarini amalga oshirishga tayyorlanayotgan terrorchilik tashkiloti DEAShga tegishli yacheyka yo‘q qilindi va 3 nafar DEASh a’zosi qo‘lga olindi.

Turkiya Milliy Razvedka Tashkilotining (MIT) razvedka ishlari natijasida DEAShga tegishli maxfiy yacheyka aniqlandi. MIT qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni Suriya Ichki xavfsizlik xizmati qo‘mondonligi va Suriya Umumiy razvedka xizmati bilan baham ko‘rdi. Suriya razvedkasi aniqlangan yacheyka a’zolari va ularning faoliyatini kuzatuvga oldi.

Qadamma-qadam olib borilgan kuzatuvlar natijasida yacheyka a’zolarining aniq manzillari belgilandi. O‘tkazilgan reyd natijasida DEASh a’zolari Omar Hoshim, Muhammad Hamed va Husayn Halaf qo‘lga olindi.

Bomba O‘rnatilgan Avtomobil To‘xtatib Qolindi

Amaliyot bilan bir vaqtda, bomba mutaxassislari masofadan turib portlatish uchun tayyorlangan va muhim nuqtaga qoldirilgan bombali avtomobilni zararsizlantirdi. Avtomobil ichida katta vayrongarchilikka olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘p miqdordagi C4 va TNT moddalari topildi.

Qo‘lga olingan 3 kishi so‘roq jarayonlarini yakunlash hamda yacheykaga yordam berganlar va uning ehtimoliy aloqalarini aniqlash maqsadida Suriya Umumiy razvedka xizmati Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasiga topshirildi.

O‘tgan haftada DEASh tomonidan e’lon qilingan audioyozuvda tashkilot a’zolariga hujumlar uyushtirishga tayyor bo‘lish buyrug‘i berilgan edi. Damashqdagi ushbu amaliyot bilan tashkilot rahbariyati tomonidan berilgan ko‘rsatmadan so‘ng rejalashtirilgan terrorchilik harakati bartaraf etildi.